TOSHKENT, 21 noya — Sputnik. “Oʻzbekneftgaz” AJ va Ozarbayjonning “SOCAR” neft kompaniyasi qoʻshma korxona tashkil etishda hamkorlikning istiqbolli yoʻnalishlarini muhokama qildi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar qildi.
Kompaniya vakillari “SOCAR” “SOCAR Trading” va “Chemtrade LLC” kompaniyalari vakillaridan iborat Ozarbayjon delegatsiyasi bilan uchrashishdi.
Muzokaralarni davom ettirish oktyabr oyida “Oʻzbekneftgaz” AJ rahbariyatining Bokuga tashrifi chogʻida erishilgan edi.
Ushbu yangi qoʻshma korxona “Oʻzbekneftgaz” AJ uchun yangi yoʻnalish boʻladi. Yevropaning, shuningdek, Oʻzbekiston bilan toʻgʻridan-toʻgʻri transport yoʻlaklari boʻlmagan boshqa mamlakatlarning eksport bozorlarini oʻzlashtirishga imkon beradi.
Eslatib oʻtamiz, “SOCAR” Qashqadaryo viloyatida neft qazib olish hajmini oshirish toʻgʻrisida bitim imzolagan edi. Bitim “Oʻzbekneftgaz” AJ va Socar’ning boʻlinmasi – “Neftgaz” tomonidan “Oʻzbekiston neft va gazi OGU-2019” 23-Xalqaro koʻrgazma va konferentsiyasi doirasida imzolangan.