Kuz quruq bo‘ldi, qish boshlanishi esa qanday keladi - O‘zgidromet bashorati

Obuna bo‘lish
Gidrometeorologiya xizmati markazi mutaxassislari kuz haqida xulosa va qishning boshlanishi qanday bo‘lishini prognoz qildilar.

TOShKENT, 22 noya – Sputnik. Gidrometeorologiya xizmati markazi sinoptiklari qishning boshlanishi qanday bo‘lishini prognoz qildilar.

Vipal perviy sneg  - Sputnik O‘zbekiston
Samarqandda qalin qor yog‘di

O‘zbekiston bo‘yicha kam bulutli, quruq va shamolsiz ob-havo kuzatildi. Faqat ayrim kunlarda ba’zi joylarga yomg‘ir yog‘di. Ular asosan kuchsiz va qisqa muddatli bo‘ldi.

Bu yildagi kabi quruq kuz juda kam kuzatiladi. Oxirgi 20-yil ichida 2002 va 2007-yillarning kuz fasllari ham quruq bo‘lgan, 2013-yil kuz esa bu yilga o‘xshash bo‘lgan.

Harorat ko‘rsatkichlari bo‘yicha bu yilgi sentabr, oktabr oylari asosan iliqroq, ayrim joylarda meyordan iliqroq, noyabr oyida esa odatdagidan sovuq bo‘ldi.

Kechadan boshlab havo keskin o‘zgardi. Respublika hududining katta qismida, shimoliy tumanlardan tashqari, yog‘ayotgan yomg‘ir qorga aylandi. Tohli hududlarda bu yilgi mavsumdagi birinchi qor qoplami hosil bo‘ldi.

Havo harorati kechasi 0-3 daraja sovuq, kunduzi 0-3 daraja iliqqacha pasaydi.

Mamlakatning shimoli - Qoraqalpog‘iston, Xorazm viloyati va Navoiy viloyatining shimolida tungi harorat 12-15 daraja sovuqqacha, kunduzi 2-7 daraja sovuqqacha tushib ketdi.

Ucheniya po likvidatsii DTP na ledovoy pereprave v Kazani - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonga Qozog‘istondan sovuq havo massasi kirib keladi

Dam olish kunlari O‘zbekiston bo‘ylab bulutli ob-havo saqlanib turadi. Shimoliy hududlardan tashqari boshqa joylarda yog‘ingarchilik, ko‘proq qor yog‘ishi kutiloqda. Harorat sezilarli o‘zgarmaydi.

Dushanba kunidan boshlab yog‘ingarchiliklar to‘xtaydi. Lekin haftanning oxirigacha sovuq havo saqlanib turadi. Kechasi va ertalabki soatlarda 3-8 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq atrofida bo‘ladi.

Hozircha faqat dekabr oyi to‘g‘risida gapirish mumkin. O‘zgidromet jahonning yetakchi ob-havo markazlari ma’lumotlariga tayanib berayotgan baholariga ko‘ra dekabr o‘rtacha nam va harorat bo‘yicha meyorlarga yaqin bo‘ladi. Oy davomida harorat kechasi 2-7 daraja iliqdan 0-5 daraja sovuqqacha, kunduzi 10-15 daraja iliqdan 0-5 daraja iliqqacha o‘zgarib turadi.

"Yanvar va fevral to‘g‘risida gapirishga hali erta. Faqat O‘rta Osiyo qishlarining iqlimiy xususiyatlari to‘g‘risida gapirish mumkin", - deyilgan ma’lumotda.

Pereval Kamchik funksioniruyet v shtatnom rejime, dvijeniya  otkrito - Sputnik O‘zbekiston
Qor uyumlari va yaxvonlik: O‘zgidromet haydovchilarni ogohlantirdi

Ta’kidlanishicha, odatda O‘zbekistonda qishlar qisqa va kam qorli. Bu yerda qish faslining o‘ziga xos xususiyati — haroratining keskin o‘zgarib turishida. Bunda issiq havo to‘lqinlari sovuq havo bilan almashib turadi. Harorat sovuq bo‘lganda yoqqan qor havo ilishi bilan erib ketgani sababli, barqaror qor qoplami hosil bo‘lmaydi. Deyarli har yili sovuq qishlardan tashqari harorat tushib ketadigan qisqa muddatlar kuzatiladi. Kechasi sovuq 10-13 daraja, ba’zan undan ham past bo‘lishi mumkin. Harorat 15-18 darajaga ko‘tariladigan davrlar ham bo‘ladi. Oxirgi kuzatuvlar davomida eng sovuq davrli qish 2007-2008 yilga to‘g‘ri kelganini ko‘rish mumkin. O‘shanda sovuq dekabrning oxiridan fevralning o‘rtasigacha davom etgan.

Yangiliklar lentasi
0