Jamiyat

Maktab va diniy tashkilotlar obʼyektlari “tashvish tugmalari” bilan jihozlanadi

© GUVD g. TashkentaNa territorii rыnkov "Chilonzor buyum savdo" i "Dustlik savdo majmuasi", takje vozle torgovogo kompleksa "Toshkent savdo markazi" ustanovlenы knopki ekstrennogo vыzova
Na territorii rыnkov Chilonzor buyum savdo i Dustlik savdo majmuasi,  takje vozle torgovogo kompleksa Toshkent savdo markazi ustanovlenы knopki ekstrennogo vыzova - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Milliy gvardiya manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda 2020 yil yakuniga qadar tasdiqlangan roʻyxatga asosan obʼyektlarni bosqichma-bosqich qabul qilib oladi va qoʻriqlanishini taʼminlaydi.

TOSHKENT, 22 noya – Sputnik. Hukumat qarori bilan Milliy gvardiyaning qoʻriqlash xizmati boʻlinmalari tomonidan qoʻriqlanadigan obʼyektlar roʻyxati tasdiqlandi.

Kupyurы nomiralom pyatdesyat tыsyach sumov - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Kasbida maktab yoshlar yetakchisi qalbaki pullar tayyorlagani aniqlandi

Shunga koʻra, Milliy gvardiya manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda 2020 yil yakuniga qadar tasdiqlangan roʻyxatga asosan obʼyektlarni bosqichma-bosqich qabul qilib oladi va qoʻriqlanishini taʼminlaydi.

Qarorga muvofiq, maktablar va diniy tashkilotlarning obʼyektlari “tashvish tugmalari” bilan jihozlanadi.

Banklar va ular filiallarining qoʻriqlanishini tashkil etish shartlari Milliy gvardiya va Markaziy bank birgalikda tasdiqlagan qoidalarga asosan belgilanadi.

Milliy gvardiya qoʻriqlash xizmati boʻlinmalari tomonidan obʼyektlarni qoʻriqlash bilan bir qatorda tranzit yuklarni, transportdagi moddiy boyliklarni, portlovchi, radioaktiv (zaharli) va boshqa vositalarni qurolli qoʻriqlash-kuzatish amalga oshirilishi mumkin.

Shuningdek, jismoniy shaxslarga va tadbirkorlarga tegishli obʼyektlar ularning ixtiyoriga koʻra tuzilgan shartnomalarga asosan qoʻriqlanadi.

Yangiliklar lentasi
0