“Yo‘qolib qolgan” yodgorlik tuman markaziga ko‘chirilishi ma’lum bo‘ldi

© FacebookPamatnik "Tri soldata" v Yukori Chirchikskom rayone
Pamatnik Tri soldata v Yukori Chirchikskom rayone  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yuqor Chirchiq tumanidagi mahalladan “g‘oyib bo‘lgan” Ikkinchi jahon urushi xotirasga bag‘ishlangan yodgorlik tuman markaziga ko‘chirilishi ma’lum bo‘ldi.

TOShKENT, 22 noya – Sputnik. Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumani, o‘rnatilgan Ikkinchi jahon urushi qahramonlariga bag‘ishlangan yodgorlik tumar markaziga ko‘chiriladi, deb xabar qildi tuman hokimligi matbuot xizmati.

Stela geroyam Velikoy otechestvennoy voyni - Nikto ne zabit, nichto ne zabito - Sputnik O‘zbekiston
Darxon mahallasidagi urush qatnashchilariga qo‘yilgan yodgorlik tez orada yangi joyga o‘rnatiladi

Eslatib o‘tamiz 18-noyabr kuni Feysbukdagi “Potrebitel.uz” guruhida Albina Magdiyeva ismli fuqaro ushbu tumandagi "Yik-ota" mahallasida o‘rnatilgan “Uch askar” yodgorligi “yo‘qolib qolgani” haqida xabar qilgan edi.

O‘z xabarida tuman hokimligi faol fuqaroga “e’tibor va kuyunchaklik" uchun minnatdorlik bildirib, ushbu yodgorlik tuman jamoatchiligi va Xalq deputatlari Kengashi taklif-mulohazalari asosida tuman markaziga, Yangibozor qo‘rg‘oniga ko‘chirilishini xabar qilgan.

Xabarda aytilishiga ko‘ra, kelgusi yilda Yangibozorda fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaning 75-yilligi munosabati bilan Xotira xiyoboni barpo etish rejalashtirilgan. Ushbu xiyobonda yaqinda tarix muzeyi qurib bitkazilgan.

"Uch askar" haykali bu majmuaga yanada zeb beradi va xotira xiyoboniga tashrif buyuruvchilarni o‘sha davrlar kayfiyatini to‘laroq his etishga chorlaydi, deb umid qilamiz”, - deyilgan rasmiy xabarda.

Hokmiyat o‘z xabarida Yuqori Chirchiq tumanida madaniy meros obyektlari mutasaddi tashkilotlarning doimiy diqqat-markazida bo‘lib kelgani va bundan keyin ham shunday bo‘lishini ta’kidlagan.

Yangiliklar lentasi
0