Iqtisod

2020 yildan aholini uy-joy bilan taʼminlashda yangi tizim joriy etiladi

© Sputnik / Aleksandr Kryajev / Fotobankka oʻtishParkovka vo dvore
Parkovka vo dvore - Sputnik Oʻzbekiston
Davlat aholiga ipoteka kreditlarini maqbul sharoitlarda berish orqali uy-joyga talabni qoʻllab-quvvatlaydi. Ipoteka kreditlari berish uchun resurslar miqdori banklar va hududlar boʻyicha cheklanmaydi.

TOSHKENT, 23 noya - Sputnik. Keyingi, 2020-yildan boshlab, aholini uy-joy bilan taʼminlash borasida yangi tizim joriy etiladi. Endi uylar davlat tomonidan emas, toʻliq xususiy sektor tomonidan quriladi, deb xabar bermoqda prezident matbuot-xizmati.

Odin den s xokimom Yashnabada - Xojiakbarom Tillyashayxovыm - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekistonda yil yakuniga qadar 10 mingta uy-joy qurib bitkaziladi

Bunda davlat aholiga ipoteka kreditlarini maqbul sharoitlarda berish orqali uy-joyga talabni qoʻllab-quvvatlaydi. Ipoteka kreditlari berish uchun resurslar miqdori banklar va hududlar boʻyicha cheklanmaydi.

"Uy-joy siyosatida yangi tizimga oʻtayapmiz. Bu jarayonda har bir hudud rahbari zimmasiga masʼuliyat va javobgarlikni olib, yangi tizim boʻyicha turar joy qurishda oʻz tajribasini yaratishi shart. Endi hokimlardan qurilgan uylar soni emas, qurilishga nechta salohiyatli tadbirkorlar jalb qilingani, ularga qancha yer ajratilgani, infratuzilma tarmoqlari yaratilgani, uylar sifati va nechta odamni rozi qilgani soʻraladi", – degan Mirziyoyev. 

Uy-joylarni qurish va realizatsiya qilish boʻyicha respublika komissiyasi joylarga chiqqan holda, qurilish ishlarini nazoratga olishi zarurligi taʼkidlanmoqda.  

Hokimlar eski bino va inshootlarni buzish hisobiga boʻshagan joylarda uy qurish masalasiga alohida eʼtibor berishi shartligi, kompensatsiya pullari toʻlanib, mulk egalari rozi boʻlmaguncha birorta koʻchmas mulk buzilishi mumkin emasligi koʻrsatib oʻtildi. 

Davlat idoralari rahbarlari nafaqat oʻzining, balki davlatning ham shaʼnini saqlashga masʼul ekani, xalq bilan, ommaviy axborot vositalari bilan muloqotda kibrga berilmay, vazmin va oqilona, qonunga asoslangan qaror qabul qilishi shartligi taʼkidlangan. 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala