AQSH Davlat departamenti Mirziyoyevning rahbarlar va OAV haqidagi fikrini olqishladi

© Sputnik Gosudarstvennыy departament SSHA
 Gosudarstvennыy departament SSHA - Sputnik Oʻzbekiston
AQSH Davlat departamenti vakilining soʻzlariga koʻra, jurnalist va blogerlar xavfsizligi, ular oʻz faoliyatini erkin amalga oshirishlarini taʼminlash demokratiya va ochiqlikning yanada keng taraqqiy etishiga imkon yaratadi.

TOSHKENT, 23 noya - Sputnik. AQSH Davlat departamenti Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning davlat organlari va OAV hamkorligi borasida aytgan fikrlariga izoh berdi.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Mirziyoyev: baʼzi rahbarlar matbuotchilar bilan muloqotda maʼnaviyatni unutib qoʻymoqda

22 noyabr kuni oʻtkazilgan qishloqlar va shaharlarda aholini uy-joy bilan taʼminlashning yangi tizimini joriy etish boʻyicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlar muhokamasiga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishida Oʻzbekiston rahbari davlat organi rahbarlarining oʻzi boshqarib turgan idora obroʻsi uchun masʼuliyati, shuningdek, rahbarlar xalq va OAV bilan muloqotda oʻzlarini kamtarin tutishlari lozimligi, har bir qarorni qabul qilishda qonunga tayanish kerakligini taʼkidlagan edi.

AQSH Davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo masalalari boʻyicha yordamchisi vazifasini bajaruvchi Elis Uells oʻzining Tvitterdagi sahifasida: "Prezident SH.Mirziyoyev Oʻzbekistonda OAVga nisbatan boʻlayotgan tahdidlarni qoralayotgani va oʻzining OAV erkinligi boʻyicha qarori qatʼiy ekanligini yana bir karra taʼkidlaganini eshitib xursand boʻldim. Jurnalist va blogerlar xavfsizligi, ular oʻz ishlarini erkin amalga oshirishlarini taʼminlash demokratiya va ochiqlikning yanada keng taraqqiy etishiga imkon yaratadi", - degan fikrlarni yozib qoldirgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala