Jamiyat

Mirziyoyev: baʼzi rahbarlar matbuotchilar bilan muloqotda maʼnaviyatni unutib qoʻymoqda

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik Oʻzbekiston
Mirziyoyev baʼzi rahbarlar xalq bilan, matbuotchilar bilan muloqotda oddiy muomala madaniyatini, maʼnaviyatni unutib qoʻyayotganini aytdi va barcha boʻgʻindagi rahbarlar, xususan, OAV xodimlari ham masʼuliyat va javobgarlikni chuqur anglashi kerakligini taʼkidladi

TOSHKENT, 23 noya - Sputnik. Kuni kecha oʻtkazilgan selektor yigʻilishida Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarlar va ommaviy axborot vositalari xodimlari oʻrtasidagi muomala madaniyati masalasiga toʻxtalib oʻtdi.

Komil Allamjonov - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
AOKA rahbari bloger va muxbirlarni shoshqaloqlik qilmaslikka chaqirdi

"Bugun sizlar bilan yana bir muhim masalani muhokama qilib olishimiz zarur. Barchangiz koʻrib, bilib turibsiz, bugun jamiyat hayotining barcha jabhalarida ochiqlik va shaffoflik taʼminlanmoqda. Zamon tez rivojlanmoqda, xalqimizning dunyoqarashi oʻzgarmoqda. Bu borada ayniqsa, ommaviy axborot vositalari katta rol oʻynamoqda. Ular hayotiy muhim masalalarga eʼtiborimizni qaratib, muammolarni hal etishda bizga koʻmaklashmoqdalar. Demokratik jamiyatning asosiy talablaridan biri ham shu. Shuni esdan chiqarmaylik, matbuotni faoliyatimizni aks ettiruvchi koʻzgu deb bilishimiz kerak. Afsuski, koʻp yillar davomida biz ana shu koʻzguga qarashni oʻzimizga ep koʻrmadik. Oqibatda haqiqiy qiyofamizni koʻrolmay qoldik", - dedi davlat rahbari.

Prezident soʻzlariga koʻra, ayrim hollarda rahbarlar tomonidan tanqidni qabul qila bilmaslik, nima qilib boʻlsa-da, uni tan olmaslikka boʻlayotgan urinishlarda ham koʻzga tashlanmoqda. Baʼzi rahbarlar xalq bilan, matbuotchilar bilan muloqotda oddiy muomala madaniyatini, maʼnaviyatni unutib qoʻyishmoqda. Ular tomonidan qilingan murojaatlarga oʻz vaqtida, xolis javob berilmasligi ham haqli eʼtirozlarga sabab boʻlayapti.

"Oʻzingiz guvoh boʻlib turibsiz, deyarli har kuni ijtimoiy tarmoqlarda qaysidir rahbarning faoliyati bilan bogʻliq shov-shuvli xabar tarqalayapti. Ularda berilayotgan tanqidiy materiallarga oʻz vaqtida xolis, asosli munosabat bildirilmayotgani oqibatida odamlar orasida har xil fikrlar, bahs-munozaralar yuzaga kelmoqda. Eng achinarlisi, baʼzi rahbarlar jamoatchilik oʻrtasida turli ziddiyatlarga sabab boʻlishi mumkin boʻlgan bunday holatlarning oldini olish oʻrniga, kibru havoga berilish, oʻziga bino qoʻyish bilan masalani yanada chigallashtirmoqda", - deb taʼkidlagan Mirziyoyev.

Djaxongir Artыkxodjayev - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Jahongir Ortiqxoʻjayev va jurnalistlar muammosi hal boʻldi

Davlat rahbari rahbarlar nafaqat oʻzining shaʼnini, balki davlat idorasining obroʻsini ham saqlashga masʼul ekanini unutmasliklari kerakligini, rahbar har qanday toʻsiq va qiyinchiliklarga, keskin va dolzarb muammolarga duch kelmasin, vaziyatdan ogʻir-bosiqlik va vazminlik bilan chiqib, faqat qonunga asoslangan toʻgʻri qaror qabul qilishi shartligini aytgan.

"Shu bilan birga, har qaysi rahbar oʻz masʼuliyati va javobgarligini, avvalo oʻz vijdoni oldida, unga ishonch bildirgan
el yurt oldida chuqur anglasa, faoliyatida qatʼiyatlik bilan vazminlik, talabchanlik bilan aql-zakovatni uygʻunlashtira olsa, xalqning chinakam mehrini va ishonchini qozona oladi. Xoh u Hukumat aʼzosi boʻladimi, vazir boʻladimi, xoh hokim boʻladimi yoki prokurormi, ushbu talab – barchamizga, ommaviy axborot vositalari xodimlariga ham birdek tegishli. Buni unutishga hech birimizning haqqimiz yoʻq", deb oʻz soʻzini yakunlagan prezident.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala