TOSHKENT, 23 noya - Sputnik. Tojikiston parlamenti quyi palatasi spikeri Shukurjon Zuxurov Rossiya migrantlardan "bosim" dastagi sifatida foydalanyapti, deb hisoblashini taʼkidladi.
"Davlat rahbarlari, parlamentlar spikerlari tojik migrantlarining Rossiyadagi ahvolini koʻplab marotaba muhokama qilishgan. Moskvadan "yaxshi", degan javob yangraydi va hammasi shu bilan yakun topadi. Bizning migrantlarimiz aksariyat hollarda ayrim davlatlar tomonidan bosim dastagi sifatida foydalaniladi", - deb aytgan Zuxurov davlat byudjeti muhokamasi davomida.
Ammo bosim qanday shakldaligiga amaldor tomonidan aniqlik kiritilmagan.
Zuxurov, shuningdek, Rossiya 2017 yilda Tojikiston fuqarolari uchun keng koʻlamli amnistiyani amalga oshirganini, 2013-yildan faqat tojikistonlik migrantlarga Rossiyada 15 kungacha registratsiyasiz qolishga ruxsat berganini, malakali mutaxassislarga qoʻshimcha imtiyozlar joriy etganini, Tojikiston fuqarolarini Rossiyaga uyushgan tartibda ishga joylashtirish toʻgʻrisidagi bitimni koʻrib chiqayotganini va migrantlar uchun oʻz-oʻzini band qilish tizimini joriy etib, ularga 4000 rublgacha pullarini tejash imkoniyatini yaratishni rejalashtirayotgani haqida lom-mim demagan.