Germaniya Qoraqalpog‘iston turizmini rivojlantirishga 477 ming yevro ajratadi

© SputnikLisa v stepi Karakalpakstana
Lisa v stepi Karakalpakstana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Loyihaning asosiy maqsadi - O‘zbekiston, jumladan, Qoraqalpog‘istonga sayyohlar oqimini ko‘paytirish, turizm sohasidagi xizmatlar, mahsulotlar eksportini oshirish hamda mahalliy aholi daromadini ko‘paytirishdan iborat.

TOShKENT, 24 noya — Sputnik. Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) Qoraqalpog‘iston turizmini rivojlantirishga 477 ming yevro miqdorida mablag‘ ajratadi.  

O‘zbekiston Osiyoning eng boy tarixiy merosga ega mamlakati deb topildi

Bu haqda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasidagi GIZ vakillari va Germaniyaning “Mas contour” tashkiloti ekspertlari bilan uchrashuv vaqtida ma’lum qilindi.

Ta’kidlanishicha, uchrashuvda Qoraqalpog‘iston turizm imkoniyatlaridan kelib chiqib, hududda turizm sohasida 2019-2020 yillarda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar belgilab olingan.

“Ushbu chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadida GIZ Qoraqalpog‘iston turizmini rivojlantirishga 477 ming yevro miqdorida mablag‘ ajratdi”, - deyiladi qo‘mita xabarida.

Ushbu loyiha doirasida mahalliy hunarmandchilik mahsulotlarini diversifikatsiya qilish, ularni eksportbop mahsulotga aytantirish, infratuzilmani yaxshilash, yangi turizm marshrutlarini ochish, xizmatlar sifatini oshirish va Qoraqalpog‘istonning turizm salohiyatini xorijiy turizm bozorlarida targ‘ib qilish ishlari amalga oshiriladi.  

Loyihani amalga oshirishdan ko‘zlangan asosiy maqsad - O‘zbekiston, jumladan, Qoraqalpog‘istonga sayyohlar oqimini ko‘paytirish, turizm sohasidagi xizmatlar, mahsulotlar eksportini oshirish hamda mahalliy aholi daromadini ko‘paytirishdan iborat. 

Yangiliklar lentasi
0