Siyosat

IIV rahbariyatida muhim oʻzgarishlar roʻy berdi

© © Sputnik / Aleksey DanichevMujchinы s portfelem v ruke. Arxivnoye foto
Mujchinы s portfelem v ruke. Arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston
IIV tuzilmasida bir qator oʻzgarishlar amalga oshirildi. Ichki ishlar vazirining buyrugʻi bilan ikki nafar vazir oʻrinbosari, YHXBB, MvaFRBB, PPX va jamoat tartibini saqlash bosh boshqarmasi rahbarlari oʻzgardi.

TOSHKENT, 24 noya — Sputnik.  Oʻzbekiston Ichki ishlar vazirining buyrugʻi bilan rahbarlik lavozimlariga tayinlovlar amalga oshirildi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar qildi.

General-mayor Ikromov Azizbek Isroilovich Oʻzbekiston ichki ishlar vazirining jamoat tartibini saqlash boʻyicha oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar u mudofaa vazirining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar boʻyicha oʻrinbosari sifatida faoliyat koʻrsatgan.

Polkovnik Rahmatullayev Ayubxon Toshxoʻjayevich ichki ishlar vazirining oʻrinbosari-moliya va moddiy texnika taʼminoti bosh boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlandi. 2018 yil iyunidan buyon Fargʻona viloyat IIB boshligʻi oʻrinbosari — moliya va moddiy texnika taʼminoti boshqarmasi boshligʻi lavozimida faoliyat koʻrsatib kelayotgan edi.

Polkovnik Abdullayev Bekmurod Tojimirzayevich IIV Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash bosh boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlandi. 2018 yil oktyabridan Toshkent IIBB boshligʻi oʻrinbosari — moliya va moddiy texnika taʼminoti boshqarmasi boshligʻi boʻlib ishlab kelayotgan edi.

Polkovnik Saidov Olim Choriqulovich IIV Yoʻl harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar u Yunusobod tuman ichki ishlar faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi, ungacha — Toshkent viloyat IIB boshligʻi oʻrinbosari va Tergov boshqarmasi boshligʻi lavozimlarida faoliyat koʻrsatgan.

Polkovnik Ulugʻbek Muhamedov Toshpoʻlatovich IIV Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlandi. Ilgari u prezident administratsiyasida mutasaddi xodim boʻlib ishlab kelayotgan edi.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Mudofaa vazirligi tizimida qator oʻzgarishlar amalga oshirilgani xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala