Hodisalar

Orenburgdagi yirik YTHda Oʻzbekiston va Tojikiston fuqarolari halok boʻldi

Rossiyaning Orenburg viloyatida ichida Oʻzbekiston va Tojikiston fuqarolari boʻlgan mikroavtobus yuk mashinasi bilan toʻqnashib ketdi.

TOSHKENT, 24 noya — Sputnik. Oʻzbekiston va Tojikiston fuqarolari Orenburg viloyatidagi mudhish yoʻl transport hodisasining qurboni boʻlishdi.

Hodisa 24 noyabr, yakshanba kuni mahalliy vaqt bilan soat 6:10 da Chistiy posyolkasi yaqinida sodir boʻlgan.

Xabarda yozilishicha, Orenburg – Akbulak avtomobil yoʻlida Hyundai miniveni va yuk mashinasi toʻqnashib ketgan.

Mintaqa FVV xabariga koʻra, avtobusda Oʻzbekiston va Tojikiston fuqarolari boʻlgan.  Olti kishi, jumladan, bir goʻdak halok boʻlgan. Uch kishi jarohat olgan. Jarohatlar olganlardan ikki nafarining ahvoli ogʻir.

Mintaqa IIBBning RIA Novostiga maʼlum qilishicha, YTHga mikroavtobus haydovchisining nomaʼlum sabablarga yoʻlning qarama-qarshi qismiga chiqib ketib, yuk mashinasi bilan toʻqnashishi sabab boʻlgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala