Samarqandda “Real Madrid” akademiyasi ochiladi

© Sputnik / Anton Denisov / Mediabankka o‘tishFutbol. Liga chempionov. Final. Match "Real" - "Atletiko"
Futbol. Liga chempionov. Final. Match Real - Atletiko - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
“Invest in Samarkand” I-xalqaro investitsion forumi davomida Samarqand viloyat futbol assotsiatsiyasi va Ispaniyaning “Real Madrid” futbol akademiyasi o‘rtasida kelishuv memorandumi imzolandi.

TOShKENT, 24 noya — Sputnik. Samarqand​da “Real Madrid” akademiyasi​ ochiladi.

Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov forum doirasida “​Real”​ klubining Markaziy Osiyo va Afrika qit’asi bo‘yicha maxsus vakili Inigo Arenillas bilan uchrashdi.

O‘zAning yozishicha, uchrashuv davomida Samarqandda “Qirollik klubi”​ akademiyasini tashkil etish masalalari muhokama qilingan. Uchrashuvda ikkala tomon mazkur hamkorlikni amalga oshirish bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalari, talab va takliflarini bildirishdi.

Gde zajgutsya novie zvezdi: otkritie futbolnoy akademii Yuventus v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
“Yuventus” akademiyasi ochilish marosimining yorqin lahzalari – video

Uchrashuv yakunida kelishuv memorandumi imzolandi.

Samarqanddagi investitsion forumi natijasida umumiy qiymati 1,7 milliard dollardan ziyod 234 ta bitim imzolandi.

Eslatib o‘tamiz, Toshkentda Italiyaning mashhur “Yuventus” futbol klubi akademiyasi faoliyat yuritadi. Akademiyaning asosiy vazifasi – bolalarga ta’lim berish, nafaqat professional futbolchilarni, balki jamiyatning munosib a’zolarini tarbiyalashdan ham iborat. Shuning uchun o‘quv muassasida tarbiyalanuvchilarning ham jismoniy tayyorgaligiga, ham umumiy rivojlanishiga katta e’tibor qaratiladi.

Yangiliklar lentasi
0