Hodisalar

TIV Orenburgdagi YTHda halok boʻlgan oʻzbekistonliklar toʻgʻrisida maʼlumot berdi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovZdaniye MID Uzbekistana
Zdaniye MID Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston
24 noyabr kuni Rossiyaning Orenburg viloyatida ichida Oʻzbekiston va Tojikiston fuqarolari boʻlgan mikroavtobus yirik YTHga uchradi. YTH oqibatida 4 nafar oʻzbekistonlik halok boʻldi.

TOSHKENT, 24 noya — Sputnik. Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi Orenburgdagi yoʻl-transport hodisasida halok boʻlgan oʻzbekistonliklar toʻgʻrisida maʼlumot berdi.

DTP - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Orenburgdagi yirik YTHda Oʻzbekiston va Tojikiston fuqarolari halok boʻldi

Mamlakatning Qozon shahridagi bosh konsulxonasi bergan maʼlumotlarga koʻra ichida 8 nafar yoʻlovchi, jumladan, 5 nafar Oʻzbekiston fuqarosi boʻlgan mikroavtobus ishtirokida yuz bergan YTH oqibatida 4 nafar oʻzbekistonlik halok boʻlgan. Yana bir 1 nafari esa Orenburg viloyat klinik shifoxonasiga joylashtirilgan.

Taʼkidlanishicha, bosh konsulxona mazkur vaziyatni nazoratga olgan hamda Oʻzbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Moskva shahridagi vakolatxonasi bilan birgalikda marhumlarning jasadlarini vatanga yuborish bilan bogʻliq konsullik-huquqiy va tashkiliy masalalarni hal qilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Orenburgdagi yirik YTHda Oʻzbekiston va Tojikiston fuqarolari halok boʻlgani xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala