Iqtisod

Tadbirkorlar aholidan naqd pul qabul qilishda onlayn-nazorat kassa mashinasini qoʻllaydi

© Sputnik / Ruxkyan / Fotobankka oʻtishOplata pokupki cherez terminal plastikovoy bankovskoy kartoy
Oplata pokupki cherez terminal plastikovoy bankovskoy kartoy - Sputnik Oʻzbekiston
Onlayn-NKM va (yoki) virtual kassalar davlat soliq xizmatlari organlarida roʻyxatdan oʻtkazilishi lozim, roʻyxatdan oʻtkazganlik uchun toʻlov undirilmaydi.

TOSHKENT, 24 noya — Sputnik. “Onlayn nazorat-kassa mashinalari va virtual kassa tizimi qoʻllanilishini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” Hukumat qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, naqd pul tushumiga ega tadbirkorlar aholidan naqd pulni qabul qilishda prezidentning farmoni  bilan tasdiqlangan grafikda belgilangan muddatga qadar onlayn-nazorat kassa mashinalari yoki virtual kassadan foydalanishga ixtiyoriy, ushbu muddat tugagach majburiy ravishda oʻtadilar (istisno holatlar mavjud).

Kontrolno-kassovыe apparatы - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
QQS oʻzgarishi tufayli tadbirkorlar birinchi navbatda nima qilishlari kerak

Qaror bilan, aholi bilan pulli hisob-kitoblarni amalga oshirishda onlayn-nazorat kassa mashinalari yoki virtual kassa tizimini qoʻllash tartibi toʻgʻrisida nizom tasdiqlandi.

Nizomga koʻra, Oʻzbekiston hududida faqat belgilangan tartibda davlat reyestriga kiritilgan onlayn-NKM va virtual kassalardan foydalanishga ruxsat etiladi.

Tadbirkorlar davlat reyestriga kiritilgan onlayn-NKM va (yoki) virtual kassalarni mustaqil sotib olishi hamda texnik xizmat koʻrsatish markazlarini ixtiyoriy tanlash huquqiga ega.

Onlayn-NKM va (yoki) virtual kassalar davlat soliq xizmatlari organlarida roʻyxatdan oʻtkazilishi lozim, roʻyxatdan oʻtkazganlik uchun toʻlov undirilmaydi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala