Turizm

Oʻzbekiston Osiyoning eng boy tarixiy merosga ega mamlakati deb topildi

© Flickr / Dan LundbergMinaret Islam Xodja v Xive
Minaret Islam Xodja v Xive - Sputnik Oʻzbekiston
Marosimda Oʻzbekistonda YUNESKO Butunjahon merosiga kiritilgan beshta obʼyekt joylashgani alohida qayd etilgan.

TOSHKENT, 24 noya — Sputnik. Oʻzbekiston Osiyoning eng boy tarixiy merosga ega mamlakati deb topildi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi xabar qildi.

Qayd etilishicha, 22 noyabr kuni Kuala-Lumpur shahrida Malayziya turizm, sanʼat va madaniyat vaziri oʻrinbosari Muhammad Baxtiyor bin Van Chik Oʻzbekiston elchisi Ravshan Usmonovga tegishli diplomni topshirdi.

Minaret i mechet Kalyan, medrese Miri-Arab (Buxara) - Sputnik Oʻzbekiston
Turizm
“Titan Travel”: Oʻzbekiston 2020 yilda sayohat qilish uchun eng jozibali mamlakat

Taqdirlash marosimi yillik marosim davomida boʻlib oʻtgan. Gʻoliblar Malayziyaning “Research House of Asia Media” kompaniyasi tomonidan oʻtkazilgan Osiyo mintaqasida tadbirkorlikni rivojlantirish boʻyicha ijtimoiy va marketing tadqiqotlari natijalari asosida aniqlangan.

Taqdirlash marosimida Osiyoning 20 dan ziyod mamlakatidan 1000ga yaqin kishi ishtirok etgan.

Xabarda marosimda Oʻzbekistonda YUNESKO Butunjahon merosiga kiritilgan beshta obʼyekt joylashgani qayd etilgani qoʻshimcha qilingan.

Eslatib oʻtamiz, avvaroq Oʻzbekiston eng yaxshi madaniy-tarixiy turistik yoʻnalish sifatida eʼtirof etilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala