Iqtisod

Oʻzbekiston Tojikistonga 1 mln dollarlik telekommunikatsiya qurilmalarini yetkazib beradi

© Sputnik / Vladimir Trefilov / Fotobankka oʻtishSetevoye oborudovaniye v servernoy.
Setevoye oborudovaniye v servernoy. - Sputnik Oʻzbekiston
Imzolangan shartnoma “Navoiy” erkin iqtisodiy zonasi hududida ishlab chiqarilgan telekommunikatsiya qurilmalarini “Tcell” kompaniyasi ehtiyojlari uchun yetkazib berishni nazarda tutadi.

TOSHKENT, 24 noya — Sputnik. “Oʻzbektelekom” AK ishtirokida tashkil etilgan “Telecom Devices Pro” korxonasi “Indigo Tojikiston” YOAJ (Tcell savdo markasi) bilan 1 million dollarlik shartnoma imzoladi.

“Oʻzbektelekom” matbuot xizmati xabariga koʻra, imzolangan shartnoma “Navoiy” erkin iqtisodiy zonasi hududida ishlab chiqarilgan telekommunikatsiya qurilmalarini “Tcell” kompaniyasi ehtiyojlari uchun yetkazib berishni nazarda tutadi.

Shuningdek, uchrashuv davomida “Oʻzbektelekom” AK va Tojikistonning eng yirik uyali aloqa operatori “Indigo Tojikiston” YOAJ oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlik masalalari ham muhokama qilindi.

“Telecom Devices Pro” MCHJ 2012 yilda tashkil etilgan. Korxonaning asosiy faoliyat turi - telekommunikatsiya qurilmalari, elektr jihozlari va plastmassa buyumlar ishlab chiqarish.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala