Inflyatsiyani past darajada ushlab turish uchun MB nima qilmoqchi?

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovSentralniy bank Uzbekistana
Sentralniy bank Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Har qanday sharoitda ham inflyatsiyani past darajada ushlab turamiz – Markaziy bank inflyatsion targetlash rejimiga o‘tdi.  

TOShKENT, 26 noya – Sputnik. O‘zbekiston Markaziy banki respublikada inflyatsiya miqdorini 2019-yilda 16-17 %dan 2023-yilda 5 % darajariga tushirishni maqsad qilgan, deb xabar qildi MB rahbari Mamarizo Nurmuratov matbuot anjumanida.

“Eng muhimi, asosiy ssenariy bo‘yicha yillik inflyatsiya 2020-yil oxirida 12-13,5 % oralig‘ida bo‘lib, 2021-yilda bir xonali son darajasiga tushadi, 2023-yilda esa asosiy 5 %lik targetiga erishadi. <...> Markaziy bank har qanday vaziyatda ham inflyatsiyani pasaytirishni va past darajada ushlab turishni maqsad qilgan”, - deyilgan xabarda.

Ushbu ishni amalga oshirish maqsadida Markaziy bank quyidagi choralarni ko‘rishga qaror qilgan:

  1. Bosh bank operatsion mexanizmini takomillashtiriladi: asosiy stavka, foiz koridori, likvidlilikni boshqarish instrumentlari  - qisqa muddatli depozit va kredit operatsiyalari muomalaga kiritiladi.
  2. Iqtisodiyotga ajratiladigan kreditlar qoldig‘i YaIM nominal o‘sish darajasida bo‘ladi. 2020 - yilda 20-25 %.
  3. Kelgusi yildan boshlab imtiyozli kreditlar foiz stavkalari Markaziy bankning qayta moliyalashtirish stavkasi darajasida va 2021-yildan kompensatsiya mexanizmini qo‘llash orqali bozor foiz stavkalarida ajratiladi.
  4. Ichki valyuta bozorini yanada rivojlantirish choralari ko‘riladi: tijorat banklari valyuta bozorida mustaqil savdolar olib borish tizimiga o‘tiladi. Shuningdek, svop, opsion va fyucherslarni joriy etish mo‘ljallangan.
  5. Markaziy bankning tahliliy-prognozlash salohiyati oshiriladi. Aholi va tadbirkorlik subyektlarining inflyatsion kutilmalarini o‘rganishni yanada takomillashtiramiz.  

Nima uchun inflyatsiya aynan 5% bo‘lishi kerak?

Markaziy bank nima uchun aynan 5%li inflyatsion target qo‘ymoqda degan savolga ham batafsil javob berdi.

  • Ushbu ko‘rsatgich tadqiqotlar va dunyo tajribasidan kelib chiqqan holda belgilangan. Odatda rivojlangan davlatlar inflyatsion targetni 1-2 %  miqdorida belgilaydi, rivojlanayotgan davlatlar esa 4-5 % miqdorida.
  • Yana bir omil, O‘zbekistonning asosiy savdo hamkorlarimiz bo‘lgan qo‘shni mamlakatlarda inflyatsiya darajasi 5 foizdan yuqori emas: Rossiya – 4%, Qozog‘iston – 5 %, Qirg‘iziston – 2 % va ho kazo.
  • 7-8 % inflyatsiya esa - valyuta almashuv kursiga bosim o‘tkaza boshlaydi, ya’ni samarali iqtisod uchun bu ko‘plik qiladi. Bu, o‘z navbatida, milliy valyutaga bo‘lgan ishonchning pasayishiga, uzoq muddatli resurslar taqchilligiga, ya’ni mavjud pul va kapital resurslarining noto‘g‘ri taqsimlanishiga olib keladi.

Biz yuqori inflyatsiya sharoitida xalqaro savdoda solishtirma ustunligimizni yo‘qotamiz, har doim almashuv kursimizga bosim saqlanib qoladi, inflyatsion zanjirdan chiqib keta olmaymiz.

Markaziy bank rahbari ma’ruzasining to‘liq matni bilan quyida tanishing. 

Yangiliklar lentasi
0