Tojikiston ulamolar kengashi chegara postdagi hujumga munosabat bildirdi

© MVD TadjikistanaKadri s mesta napadeniya na pogranzastavu na tadjiksko-uzbekskoy granitse
Kadri s mesta napadeniya na pogranzastavu na tadjiksko-uzbekskoy granitse - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tojikiston ulamolar kengashi tojik-o‘zbek chegarasidagi “Ishqobod” chegara postiga uyushtirilgan hujumga munosabat bildirib, jangarilarning harakatini qattiq qoraladi.

TOShKENT, 26 noya — Sputnik. Tojikiston ulamolar kengashi tojik-o‘zbek chegarasidagi “Ishqobod” chegara postiga uyushtirilgan hujumga munosabat bildirdi.

Idora xabarida ushbu hujum jamoatchilikka kuchli ta’sir ko‘rsatgani ta’kidlangan.

Ulamolar kengashi jangarilar qanchalik yomon mahluqligi, xunrezlik va fisq-fasoddan xasta bo‘lmasliklari va odamlarni hamisha qo‘rquv va tahlikaga solishlarini nadomat bilan qayd etgan.

Ministerstvo inostrannix del Rossii - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya TIV “Ishqobod” chegara postiga uyushtirilgan hujumga munosabat bildirdi

Idora fikriga ko‘ra, “Ishqobod” cheraga postidagi hujum chetdan turib sahnalashtirilgan va ular davlatning xorijlik dushmanlari.

“Ma’lumki, bularning barchasi davlatimizning xorijlik dushmanlarining rejalari, ular o‘zlarining pinhoniy gumashtalari orqali ijro etishgan”, - deyiladi xabarda.

Xabarda ulamolar kengashi xalqni hushorlik va sergaklikni yo‘qotmaslikka chaqirishi qo‘shimcha qilingan.

Eslatib o‘tamiz, 6-noyabrga o‘tar tunda Tojikistonning O‘zbekistonga yaqin hududida joylashgan "Ishqobod" chegara postiga hujum uyushtirildi. Hujum vaqtida 20 ta jangarilardan 15 tasi o‘ldirilgan, Tojikiston tomonidan esa to‘rt kishi halok bo‘lgan. Keyinchalik “ID”* Tojikistondagi “Ishqobod” chegara postiga uyushtirilgan hujum uchun javobgarlikni zimmasiga oldi. Rossiya TIV ushbu hujumga munosabat bildirib, bu Afg‘onistondagi xavfsizlik masalasi alohida e’tiborni talab qilishidan darak berishini ta’kidlagan.

Yangiliklar lentasi
0