Turkiyada S-400 raketa zenit tizimi sinovdan o‘tkazilishi boshlandi - video

© Sputnik / Aleksey Malgavko / Mediabankka o‘tishKompleks PVO S-400 "Triumf" zastupil na boyevoe dejurstvo v Sevastopole
Kompleks PVO S-400 Triumf zastupil na boyevoe dejurstvo v Sevastopole - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Turkiyada Rossiya S-400 raketa zenit tizimi sinovdan o‘tkazilishi boshlandi. Sinov ikki kun davom etadi.

TOShKENT, 26 noya – Sputnik. Turkiyada Rossiya S-400 raketa zenit tizimi sinovdan o‘tkazilishi boshlandi.

Turkiyaning Ihlas Haber agentligi video lavhasida Anqara ustidan Amerikaning F-16 Fighting Falcon samolyotlari parvozi aks etgan. Shu vaqtda “Triumf” tizimi havo hududini nazorat qilmoqda.

 

Sinov 25-26 noyabr kunlari amalga oshiriladi.

Turkiya va AQSh munosabatlarida inqirozni yuzaga keltirgan S-400 tizimlarini Rossiya iyul o‘rtalarida yetkazib berishni boshlagan. Turkiya prezidenti so‘zlariga ko‘ra, 2020-yil aprelida S-400 tizimlari to‘liq joriy etiladi.

Vashington kelishuvni rad etishni, uni o‘rniga AQSh Patriot majmularini sotib olinishini talab qildi, aks holda Turkiyaga F-35 qiruvchilarini sotilishini kechiktirish yoki bekor qilish, shuningdek sanksiyalar qo‘llash bilan tahdid qildi.

Anqara bu talabga bo‘ysunmadi.

Yangiliklar lentasi
0