O‘zbekistonda 1-yanvardan virtual kassa tizimi ishga tushadi

© Press-slujba Gosudarstvennogo nalogovogo komitetaKontrolno-kassovie apparati
Kontrolno-kassovie apparati - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Onlayn kassa mashinalari ishlashi uchun internet tarmog‘i bilan ta’minlashi zarur. Internet uzilganda onlayn kassalar 24 soat mobaynida oflayn rejimida ishlashi mumkin.

TOShKENT, 26 noya - Sputnik. O‘zbekiston 2019-yilning 1-yanvaridan onlayn nazorat-kassa mashinalari va virtual kassa tizimiga o‘tadi, deb xabar qilmoqda Davlat Soliq qo‘mitasi.

Yangi tizimga o‘tishdan asosiy maqsad - hisob-kitoblarning shaffofligini yanada oshirish, naqd pul mablag‘larining xufiyona aylanishini qisqartirish orqali budjet daromadlariga qo‘shimcha manbalarni jalb etishdir, deyilgan xabarda.

Yangi tizim nimasi bilan afzal? 

  • tadbirkorlarga onlayn nazorat-kassa mashinalarini xarid qilish, o‘rnatish bilan bog‘liq xarajatlarni keyingi soliq to‘lovi hisobidan kamaytirish  huquqi beriladi;
  • virtual kassa dasturiy mahsulotining bazaviy qismi Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan bepul beriladi;
  • onlayn yoki virtual kassadan foydalanilganda tadbirkorlik subyektlaridan fiskal xotirali nazorat kassa mashinalarini ishlatish majburiyati bekor qilinadi;
  • kunlik o‘rtacha naqd pul tushumi miqdoridan qat’iy nazar naqd pulni bank kassalariga inkassatsiya xizmatlari orqali o‘zlari belgilagan davrlarda yoki mustaqil ravishda topshirish huquqiga ega bo‘ladilar;
  • kassir-operatsiyachi tomonidan nazorat-kassa daftarini yuritish bekor qilinadi;
  • ish kuni oxirida har bir nazorat-kassa mashinasi bo‘yicha kunlik hisobotni (Z-otchot) chiqarib olish majburiyatlari bekor qilinadi;
  • realizatsiya qilingan tovarlar (xizmatlar) hisob-kitoblari to‘g‘risidagi ma’lumotlar, elektron tarzda ko‘rish imkoniyati yaratiladi.

Virtual kassalardan foydalanishni boshlash uchun tadbirkorlar davlat reyestriga kiritilgan istalgan turdagi onlayn nazorat kassa mashinasi yoki virtual kassalarni mustaqil sotib olishi hamda istalgan texnik xizmat ko‘rsatish markazlari orqali ro‘yxatdan o‘tkazishi mumkin. 

Onlayn nazorat kassa mashinalari ishlashi uchun internet tarmog‘i bilan ta’minlashi zarur. Internet tarmog‘idagi uzilish holatlari bo‘lgan taqdirda, onlayn nazorat kassa mashinasi va virtual kassalar 24 soat mobaynida oflayn rejimida ishlashi mumkin.

Batafsil ma’lumot bilan quyida tanishish mumkin.

Yangiliklar lentasi
0