Choy ichish kimlarga zararli bo‘lishi mumkin? - shifokor tavsiyalari

© Sputnik / Mariya NaumenkoNayti kafe v Uzbekistane, gde zavarivayut listovoy chay – bolshaya udacha
Nayti kafe v Uzbekistane, gde zavarivayut listovoy chay – bolshaya udacha - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Parhezshunos-shifokor Marina Makisha choy inson salomatligiga ta’siri to‘g‘risidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

TOShKENT, 27 noya – Sputnik. Parhezshunos-shifokor Marina Makisha so‘zlariga ko‘ra, choy tetiklashtiruvchi ichimlik bo‘lib, u o‘z xususiyatiga qarab, inson salomatligiga har xil ta’sir ko‘rsatishi mumkin. RIA Novosti xabariga asosan.

Pramaya liniya s prezidentom RF Vladimirom Putinim - Sputnik O‘zbekiston
Putin choy ichgan bokal Xitoyda "xit" bo‘ldi

Oshqozon yarasi va o‘n ikki barmoqli ichak yarasi bilan xastalanganlar, shuningdek, oshqozonda normadan ortiq kislotalilik bo‘lgan odamlarga choyni iste’mol qilishdan cheklanishi kerak.

Ayrim holatlarda choy zarda, oshqozon-ichak traktining shilliq pardalarini bezovta qilishi mumkin.

Bundan tashqari, uning tarkibidagi kofein bosh og‘rig‘i, asab tizimiga ta’sir qilishi mumkin.

Chay s limonom - Sputnik O‘zbekiston
Ko‘p choy yoki qahva ichish saraton rivojlanishi xavfini oshiradi - olimlar

Achchiq choy yurak tez urushi va ichak sokini ajralishini kuchaytirishi mumkin

Kuchli choy yurakning tomir urishiga va oshqozon shirasining meyordan ortiq ajralishiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun gipertonik va aterosklerozga chalinganlar choydan o‘zini cheklashi kerak.

Ko‘k choy ko‘p ichish natijasida buyraklarda tosh paydo bo‘lishi mumkin, chunki unda ko‘p miqdordagi oksalat - kislota tuzlari mavjud.

Uyqusizlikdan aziyat chekadigan odamlar uchun achchiq qora choy ichmaslik kerak: tarkibidagi tanin miya faoliyatini kuchaytiradi va qon aylanishini faollashtiradi.

O‘zbek nonushtasi 2 - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbek nonushtasi Xalqaro kulinariya chempionatida g‘olib bo‘ldi

Limon va zanjabil choy mazasini oshiradi, ammo ular oshqozon-ichak trakti kasalliklari bo‘lgan odamlarga zarar yetkazishi mumkin. Shifokor, stomatit bo‘lganlar limondan voz kechishga chaqirdi.

Shifokor Makisha oshqozon va ichak kasalliklari bo‘lgan odamlarga sutli choy ichmaslikni maslahat berdi. Mutaxassis buni sut antioksidantlarni zararsizlantirishi, fermentatsiyaga, gaz hosil bo‘lish va bezovtalikka olib kelishi bilan izohladi.

O‘simlik choylari esa allergiya bilan xastalanganlarga, shuningdek yurak-qon tomir tizimi kasalliklari bo‘lgan odamlar, yoki qon bosimini barqarorlashtiradigan dorilarni qabul qilganidan keyin xavfli bo‘lishi mumkin. Shifokor, shuningdek, allergik bronxit, rinit va bronxial astma kasalligiga chalinganlar o‘tli choylardan saqlanishni tavsiya qildi.

Yangiliklar lentasi
0