Ferguson Habib bilan bo‘lajak jangi haqida gapirdi - video

© AFP 2023 / Ethan MillerToni Ferguson
Toni Ferguson - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toni Ferguson uning ishtirokidagi eng qiziqarli janglar aks etgan vidoyerolikni internetga joylashtirdi.

TOShKENT, 27 noya – Sputnik. Amerikalik UFC jangchisi Toni Ferguson Habib Nurmagomedovga qarshi bo‘lajak chempionlik jangi haqida izoh berdi.

Ferguson Twitter’dagi o‘z sahifasida o‘tkazgan janglar va intervyularning eng yorqin lavhalari aks etgan videorolikni joylashtirdi.

“Aralash jang san’ati muxlislariga, ular xohlagan narsani berish vaqti keldi”, deb yozgan sportchi.

Nyu-Yorkda 2020-yil 18-aprel kuni UFC yengil vazn chempionlik kamari uchun jang o‘tkaziladi.

Eslatib o‘tamiz, Abu-Dabida 7-sentabrda Habib Nurmagomedov amerikalik Dastin Puarye ustidan g‘alaba qozonib, yengil vaznda chempionlik kamarini himoya qilgandi.

Yangiliklar lentasi
0