TOSHKENT, 27 noya – Sputnik. Rossiya Qirgʻizistonga ikki dona koʻpnishonli MI-8MT vertolyotlarini va P-18 radioaloqa stantsiyalarni sovgʻa qildi, deb xabar qildi Sputnik Qirgʻiziston.
Texnikani taqdim etish tantanali marosimi Kantdagi Qirgʻiziston Qurolli kuchlari havo mudofaa kuchlarining aviatsiya-texnika hududida oʻtkazildi.
Marosimda Qirgʻiziston QK qoʻmondonlik shtabi boshligʻi muovini Nurlan Chomoyev va Rossiya mudofaa vaziri oʻrinbosari Aleksandr Fomin nutq soʻzladi.
P-18 radioaloqa stantsiyasi - havo obʼyektlarini aniqlaydi va kuzatadi, ularning koordinatalarini oʻlchab, qaysi davlatga tegishligini aniqlaydi.
Koʻpnishonli MI-8MT vertolyoti zarba berish, dushman otish joylarini yakson qilish uchun moʻljallangan. Quruqlikdagi qoʻshinlar, oʻq-dorilar, qurol-yarogʻlarni, yuklarni va dori-darmonlarni tashish, yaradorlarni evakuatsiya qilishda foydalanish mumkin.