TOSHKENT, 27 noya – Sputnik. Rossiyaning Sverdlovsk viloyati Oʻrta Uralda faoliyat koʻrsatayotgan doʻkonlarda oʻtkazilgan tekshiruv davomida “halol” mahsulotlar tarkibida choʻchqa DNKsi borligi aniqlandi, deb xabar qildi "Rossiyskaya gazeta".
Taʼkidlanishicha, tekshiruvni jamoat nazorati qoʻmitasi boshlagan. Ushbu qoʻmitaga “halol” mahsulotlar sifatidan norozi boʻlgan isteʼmolchilar tomonidan bir necha marta murojaatlar kelib tushgan.
"Rosselxoznadzor" Sverdlovsk markazi direktori oʻrinbosari Irina Toporkovaning soʻzlariga koʻra, reyd davomida ommabop goʻshtlar “halol” standartiga muvofiqligi tekshirildi.
Xususan, mutaxassislar kolbasa, chuchvara va kotlet mahsulotlarini tekshirdilar. Natijada, mutaxassislar "halol" goʻshtda choʻchqa DNKsining qator namunalarini topishdi.
Shu bilan birga, Chelyabinsk viloyati kompaniyasi soxta mahsulotlar ishlab chiqarish boʻyicha yetakchi boʻldi.
Hozir mutaxassislar ishlab chiqaruvchilar qasddan huquqbuzarlikkka yoʻl qoʻyganligi yoki ishlab chiqarish texnologiyasiga rioya qilmaslik oqibatida yuz berganini aniqlashga harakat qilmoqda.
Shu oʻrinda, bozorda soxta “halol” goʻsht sotgan kompaniyalar 300 ming rublgacha jarimaga tortilishi mumkin.