TOSHKENT, 27 noya - Sputnik. “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Toshkent metrosidagi elektr taʼminoti muammosi sabablarini maʼlum qildi.
Taʼkidlanishicha, bugun soat 10:42da Shayxontohur tumanidagi 35 kV “Shayxontohur” podstantsiyadagi yuqori kuchlanishli “Shayxontohur 1” yoʻnalishli kabel tarmogʻi shikastlangan. Buning natijasida qisqa muddatli uzilish boʻlgan hamda shu zahoti avtomatik ravishda zaxiradagi kabel tarmogʻiga ulangan. Soat 10:43 da elektr energiyasi toʻla quvvat bilan uzatila boshlangan.
Avvalroq ijtimoiy tarmoqlard elektr energiyasi bilan bogʻliq muammo tufayli ayrim bekatlarda yoritish uskunalarida nosozlik hamda eskalatorlar toʻxtab qolganligi toʻgʻrisida maʼlumot tarqalgan edi.