Iqtisod

Oʻzbekistonda tadbirkor hukumat lavozimlarida ishlashi mumkinmi - partiyalar bahsi

© Sputnik / Roman Galkin / Fotobankka oʻtishPered vxodom v punkt obmena valyutы
Pered vxodom v punkt obmena valyutы - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Qanday qilib davlat xizmati va biznesni uygʻunlashtirish mumkin? Axir biznes bilan "xayrlashish" hamisha ham oson kechavermaydi, chunki davlat xizmati ham abadiy emas. Oʻzbekistondagi siyosiy partiyalar vakillari shu savolga javob berishga urindilar

TOSHKENT, 28 noya - Sputnik. Xalqaro Press Klubning kechagi tadbirkorlik mavzusiga bagʻishlangan sessiyasida oʻz saylovoldi tashviqot kampaniyasini boshlab yuborgan Oʻzbekiston siyosiy partiyalari vakillari mamlakatda hukumat lavozimlarida tadbirkorlar ishlay oladimi, degan savolni muhokama qildilar, deb xabar qilmoqda Sputnik Oʻzbekiston muxbiri.

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaPredvыbornыe debatы v Tashkente sorvalis iz-za otklyucheniya sveta
Oʻzbekistonda tadbirkor hukumat lavozimlarida ishlashi mumkinmi - partiyalar bahsi - Sputnik Oʻzbekiston
Predvыbornыe debatы v Tashkente sorvalis iz-za otklyucheniya sveta

Oʻzbekiston Liberal demokratik partiyasi (OʻzLiDeP) siyosiy Kengashi Ijroiya qoʻmitasi kotibiyati rahbari Nuriddin Murodov savolga javoban "partiya bunday maʼlumotga ega boʻladigan tashkilot emas"ligini maʼlum qildi va tarixda sud hukmlari bilan oʻz isbotini topgan bunday jinoiy holatlar uchrab turishini aytdi. "Shu uchun biz deklaratsiya tizimini yaxshi yoʻlga qoʻyishimiz mumkin", dedi masalaga yechim tariqasida u. Murodovning soʻzlariga koʻra, prokuratura, sud yoki Senat xodimlari tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanishlari mumkin emas. "Lekin besh yillik faoliyatim davomida tadbirkorlik bilan shugʻullanib kelgan deputat oʻz biznesidan butkul voz kechganini koʻrmaganman. Aksariyat holatlarda deputatlikka saylangan tadbirkorlar oʻz biznesini vaqtincha boshqaning nomiga oʻtkazib qoʻyib, Oliy Majlisdagi faoliyati tugach, yana qaytarib olib, biznesini davom ettiraveradilar", - dedi Murodov.

Stroitelstvo Tashkent City_video - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Artikxodjayev: oʻzbek tadbirkorlari 700ta investor jazm qilolmagan ishga qoʻl urdi

"Adolat" sotsial-demokratik partiyasi Toshkent viloyati Kengashi raisi Umid Shoumarov esa partiya bunday tadbirkor-mansabdorlarni hatto olqishlashini bildirdi.

"U xoh aktsiyador yoki yirik tadbirkor boʻlsin, bugungi kunda omadli tadbirkormi, demak u hozirgi - tadbirkorlarga qiyin sharoitda ham oʻzini tutvogan. Demak, u Yevropa andazasi asosida ishlayapti. Demak u "marketing", "menejment" va boshqa islohotlarni joriy etgan. Agarda bu kabi tadbirkor hukumatda, hokimiyatda oʻz oʻrnini topsa, "Adolat" partiyasi bunga qarshilik koʻrsatmaydi, chunki bunday tadbirkorlar bizga eski tizimdan voz kechib, yangi tizimni joriy etishga koʻmaklashayotgan boʻladi", - deya izoh berdi Shoumarov.

"Adolat" partiyasi vakili shuningdek, bunday holatlardan "jinoyat alomatlarini" izlash nooʻrin, deya taʼkidlab, Oʻzbekistondagi har qanday mansabdor aktsiyalar sotib olishi mumkinligini qoʻshimcha qildi.

Mujchina s portfelem v rukax  - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Oʻzbekistonda tadbirkorlarning koʻkragiga shamol tegadi

“Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Markaziy Kengashi raisi oʻrinbosari Mirodil Abdurahmonov savolga javobni "jonli misollardan" boshladi. "Mana, men bir hokimni bilaman. Besh yuz gektar yeri bor. Qayerdan paydo boʻlgan bu yer? Javob oddiy - u hokim boʻlgunga qadar fermer edi. Nima endi, hokim boʻldim deb, bervorsinmi oʻsha yerni birovga? Yoki boʻlmasa, bir nechta deputatlarni bilaman: zavodi bor, katta-katta fabrikalari bor. Deputat boʻldim deb, ular ham bervorishi kerakmi bu zavodlarni? Oʻgʻil-qizi nomiga oʻtkazdi. Bunday tadbirkorlarimiz koʻproq liberal(OʻzLiDep, demoqchi)lardan oʻtdi bunday tadbirkorlarimiz", - deb taʼkidladi Abdurahmonov va bunday holatlarni "normal holat". deya baholashini qoʻshimcha qildi.

Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashi boʻlimi boshligʻi Boymurod Yusupov esa aksincha, tadbirkor hukumat lavozimlarida ishlashi mumkin emas, degan fikrni ilgari surdi.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev na videoselektornom soveщanii po voprosam usileniya vnimaniya k molodeji - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Mirziyoyev aholini tadbirkorlikka qiziqtira olmayotgan amaldorlarni qattiq ogohlantirdi

"Agar mansabdor rahbar u yoki bu tadbirkorlikka ega boʻladigan boʻlsa, demak u kimningdir nomi orqali oʻz mansabini suiisteʼmol qilgan holda shu tadbirkorlikni yuritayapti. Demak, bu yerda qonun buzilishi holatlari boʻlayapti. Chunki oddiy tadbirkor bilan bunday mansabdor-tadbirkor oʻrtasida raqobat boʻlolmaydi. Bizning partiyamiz bunday holatlarga "korruptsiyaning bitta koʻrinishi va qonun buzilishi", deya baho beradi", - dedi Yusupov. 

Yusupovning bu soʻzlariga "Milliy tiklanish" demokratik partiyasi vakili Mirodil Abdurahmonov keskin eʼtiroz bildirdi.

"Kechirasiz, agar oʻsha odam qonunni buzsa, uning faoliyatiga shunday baho berish mumkin. Kechirasizu, qonunni buzmayotgan boʻlsa biz hozir qancha-qancha tadbirkorlarimizni haqorat qilib qoʻyyapmiz?", - dedi XDP vakiliga yuzlanib "Milliy tiklanish" partiyasi vakili.

Yangiliklar lentasi
0