TOShKENT, 28 noya - Sputnik. Samarqanddagi SamAuto qo‘shma korxonasida Isuzu D-Max pikap avtomobillarini ishlab chiqarish boshlandi, deb xabar qilmoqda kompaniya matbuot xizmati. Bugun ushbu avtomobillarning taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi.
Kompaniya xabariga ko‘ra, 2020-yilning yanvar oyidan boshlab O‘zbekistonda Isuzu D-Max pikap avtomobillarini sotuvga chiqaradi. Avtomobillar 3 ta modifikatsiyada va 7 xil rangda bo‘ladi:
D-Max Sahar - bir qatorli kabina, 3 o‘rindiq, 4x2 (orqa), dizel yoqilg‘i, 100 km.ga 10-12 l, 2,5 litrli dvigatel hajmi, mexanik uzatmali, yuk ko‘taruvchanligi 1100 kg.
D-Max Oksus - ikki qatorli kabina, 5 o‘rindiq, 4x4, dizel yoqilg‘i, 100 km.ga 10-12 l, 2,5 litrli dvigatel hajmi, mexanik uzatmali, yuk ko‘taruvchanligi 895 kg.
D-Max Irbis - ikki qatorli kabina, 5 o‘rindiq, 4x4, dizel yoqilg‘i, 100 km.ga 10-12 l, 3 litrli dvigatel hajmi, avtomat uzatmali, yuk ko‘taruvchanligi 865 kg.
Pikap avtombillari narxlari 270- 380 mln. so‘m bo‘lishi kutilmoqda.