O‘zbekistonda “Zamonaviy maktab”larni tashkil etishga 4 trln so‘m sarflanadi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaGlava Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev 10-sentabrya posetil prezidentskuyu shkolu v Tashkente
Glava Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev 10-sentabrya posetil prezidentskuyu shkolu v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev “Zamonaviy maktab”larni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorga imzo chekdi.

TOShKENT, 28 noya - Sputnik. O‘zbekistonda 2020-2022 yillarda “Zamonaviy maktab” loyihasi bo‘yicha umumta’lim maktablarini qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va jihozlashga 4,05 trln. so‘m mablag‘ yo‘naltiriladi. Bu prezident imzolagan qarorda ko‘zda tutilgan.

Glava Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev 10-sentabrya posetil prezidentskuyu shkolu v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev eng katta boyligi haqida so‘z ochdi

Qaror bilan Xalq ta’limi vazirligiga 2020-yilning 1-martiga qadar Qurilish vazirligi bilan birgalikda xorijiy tajriba va mamlakatning tabiiy iqlim sharoitlariga mos, ekologik toza materiallar va energiyaning muqobil manbalari, energiya tejovchi hamda ilg‘or texnologiyalar va muhandislik yechimlarini qo‘llashni nazarda tutuvchi “Zamonaviy maktab”larni qurish va rekonstruksiya qilishning namunaviy loyihalarini ishlab chiqish va tasdiqlash topshirilgan.

2020 yil 1-martdan boshlab davlat maktablarini yangidan qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash “Zamonaviy maktab”larni qurish va rekonstruksiya qilishning namunaviy loyihalari va jihozlash meyorlari asosida amalga oshiriladi.

Qaror bilan, shuningdek, 2020-2022 yillarda umumiy o‘rta ta’lim muassasalarini “Zamonaviy maktab” talablari asosida yangidan qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlashning asosiy parametrlari va manzilli dasturlari tasdiqlandi.

Robot-pauk, 3D printer i drugie izobreteniya tashkentskix shkolnikov - Sputnik O‘zbekiston
Maktabdan tashqari ta’lim: davlat-xususiy sheriklik amalda

“Zamonaviy maktablar”ga qo‘yiladigan talablarga mos keladigan umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga tegishli darajadagi muvofiqlik sertifikati beriladi.

“Zamonaviy maktab” muvofiqlik sertifikatiga ega bo‘lgan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining rahbar va o‘qituvchilariga ish haqi hamda moddiy rag‘batlantirishning yuqori stavkalari qo‘llaniladi.

Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari “Zamonaviy maktab” talablari asosida baholanib, muvofiqlik sertifikatlari beriladi.

Yangiliklar lentasi
0