Jamiyat

Markaziy Osiyoda iqtisodiy hamkorlik: Shavkat Mirziyoyevning 4 tashabbusi

© Vstrecha prezidentov stran TSA v Tashkente
Vstrecha prezidentov stran TSA v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston
Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyoda iqtisodoy hamkorlikni 4ta asosiy yoʻnalish boʻyicha rivojlantirishni taklif qildi.

TOSHKENT, 29 noya – Sputnik. Bugun Toshkentda boʻlib oʻtgan Markaziy Osiyo  davlat rahbarlari Maslahat uchrashuvida Shavkat Mirziyoyev oʻzaro iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishni taklif qildi, Sputnik muxbiri xabariga asosan.

Shavkat Mirziyoyev, xususan, qoʻshni davlat rahbarlariga birinchi navbatda iqtisodiy va investitsion hamkorlikni rivojlantirishni taklif qildi. Prezident “katta bozor, xom ashyolar zahirasi va inson resurslariga ega boʻlgan mintaqa ichida savdo munosabatlarini rivojlantirish, qoʻshilgan qiymat zanjirini shakllantirishni" taklif qildi.

Ikkinchi muhim yoʻnalish sifatida, mintaqada zamonaviy transport-logistika infratuzilmasini shakllantirishni, transport kommunikatsiyalari boʻyicha mintaqaviy kengash tuzilishini va ushbu sohada bitim imzolashni tezlashtirish muhimligi qayd etildi. 

Uchinchi oʻrinda, Mirziyoyev Markaziy Osiyoda energetika sohasidagi hamkorlikni kengaytirish, qayta tiklanuvchi energiya manbalarining ulushini oshirish hamda zamonaviy energetika infratuzilmasini yaratish borasidagi qoʻshma loyihalarni amalga oshirishni taklif qildi. 

Toʻrtinchi navbatda, Oʻzbekiston prezidenti – Markaziy Osiyoda yagona, koʻpchilik taniydigan turizm brendi tashkil qilishni, ushbu maqsadda “Markaziy Osiyo boʻylab sayohat” xalqaro turizm konferentsiyasini oʻtkazish taklifini bildirdi. 

Eslatib oʻtamiz, bugun Toshkentda Markaziy Osiyo davlat rahbarlarining norasmiy Maslahat uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Undan Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Tojkiston prezidenti Emomali Rahmon, Qirgʻiziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov va Qozogʻiston birinchi prezidenti Nursultan Nazarbayevlar ishtirok etishdi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala