Mirziyoyev: ushbu uchrashuv mintaqamizning rivojlanishida yangi bosqichni ochib beradi

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaVstrecha prezidentov stran SA v Tashkente
Vstrecha prezidentov stran SA v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkentda Markaziy Osiyo davlat rahbarlarining ikkinchi Maslahat uchrashuvi boshlandi. Tadbirni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ochib berdi.

TOShKENT, 29 noya – Sputnik. Toshkentda Markaziy Osiyo davlat rahbarlarining ikkinchi Maslahat uchrashuvi boshlandi, deb xabar qildi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Sostoyalas vstrecha Shavkata Mirziyoyeva i Nursultana Nazarbayeva - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev Elboshi Nursulton Nazarboyev bilan uchrashdi

“Bugun biz hamkorlikning eng dolzarb masalalarini muhokama qilishimiz kerak hamda Markaziy Osiyoda hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan eng birinchi galda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan choralarni belgilab olmog‘imiz kerak. 

Uchrashuv avvalida oldindan mamlakatlarimiz tashqi ishlar vazirlari tomonidan tasdiqlangan kun tartibi bilan tanishib chiqishni taklif etaman.

Unda mintaqaviy siyosat, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-kommunikatsiya, ilmiy-texnika va madaniy gumanitar sohalarga oid masalalar, shuningdek, Markaziy Osiyoda xavfsizlikni ta’minlash masalasi kiritilgan.

Biz shuningdek, qo‘shma bayonot qabul qilib, kelgusi maslahatlashuv uchrashuvi o‘tkaziladigan joy va vaqtni aniqlab olmog‘imiz lozim bo‘ladi,” - dedi tor doirada o‘tkazilishi boshlangan uchrashuv avvalida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev.

Eslatib o‘tamiz, Markaziy Osiyo davlat rahbarlarining maslahat uchrashuvlarini muntazam o‘tkazish tashabbusi O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2017-yil sentabr oyida BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida ilgari surilgan edi. Birinchi sammit o‘tgan yilning mart oyida Nur-Sulton shahrida bo‘lib o‘tgan.

Yangiliklar lentasi
0