Vatanga qasamod va saralash tizimi: Kamolov muhim o‘zgarish haqida so‘zlab berdi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovKaxramon Kamolov , podpolkovnik, nachalnik upravleniya glavnogo upravleniya kadrov MO
Kaxramon Kamolov , podpolkovnik, nachalnik upravleniya glavnogo upravleniya kadrov MO - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bugun AOKAda Mudofaa vazirligi vakillari ishtirokida “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining muddatli harbiy xizmatni o‘tash tartibini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident qarori ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi.

TOShKENT, 29 noya – Sputnik.  O‘zbekistonda 2020-yildan boshlab harbiy xizmatga chaqirilgan fuqarolar  “Vatanga qasamod” qabul qiladilar, deb ta’kidladi Mudofaa vazirligi kadrlar bosh boshqarmasi boshlig‘i, podpolkovnik Qahramon Kamolov. Sputnik O‘zbekiston muxbiri xabariga asosan.

Torjestvennoe meropriyatie posvashennoy vozvrasheniyu domoy. Tashkentskiy voyenniy okrug, gorod Chirchik - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda yangi harbiy unvonlar joriy etildi

“2019 yil sentabrdan boshlab qonunga kiritilgan o‘zgarishlar asosan bundan buyon "harbiy qasamod" degan so‘zdan voz kechdik. "Harbiy qasamod" o‘rniga “Vatanga qasamod” degan yangi bir termin kiritdik. Mazmuni va matni umuman yangi, o‘zimizni milliy mentalitetimiz, tarixiy an’analarimiz, tajribalarimizdan kelib chiqib, uni chiroyli matnga solib, shakllantirdik”, - deb ta’kidladi Mudofaa vazirligi vakili.

Bundan tashqari, Mudofaa vazirligi vakili yana bir muhim o‘zgarish haqida to‘xtaldi.

“Muddatli harbiy xizmatga kelayotgan yigitlar, ko‘pi o‘zining jamiyatda hayotini topishga harakat qiladi. Ular bilan ko‘pi bilan suhbatlashganimizda, ko‘prog‘i kontrakt asosida harbiy xizmatda qolish yoki tegishli imtiyozlardan foydalanish, kelgusida oliy o‘quv yurtlariga kirish uchun harakat qilishadi.

Kontrakt asosida muddatli harbiy xizmat saralash ishlariga o‘zgartirishlar kiritildi. Muqaddam muddatli harbiy xizmat o‘tayotgan harbiy xizmatchilar kontrakt asosida xizmat qilishi uchun ikki bosqichli saralashdan o‘tardi.

V Uzbekistane vveden v ekspluatatsiyu  krupneyshiy voyenniy poligon  - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistondagi eng katta harbiy poligon ochildi

2019 yil 12-sentabrda O‘zbekiston prezidentining 4447-sonli qarori chiqdi. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari harbiy xizmat o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizomi tasdiqlash haqida, shu nizomda saralash tizimi dastlabki bosqichi bekor qilindi.

Ya’ni 12 ta tadbirdan iborat bo‘lgan bosqich (dastlabki saralash keyin harbiy kasbiy saralash) bo‘lardi, bir-birini takrorlaydigan mexanizmlar. Bu 12 ta tadbirni 5 taga tushirdik. Ularni 2020-yildan boshlaymiz, kontrakt asosida harbiy xizmatda qolish, hozirgi muddatli harbiy xizmatga kelayotganlarda deyarli 80-90 foizi shunday ishtiyoq borki, muddatli harbiy xizmatdan keyin kontrakt asosida xizmatga qolib xizmatni davom ettirish. Lekin lavozimi cheklangan, saralash sinovlarni topshirib, maxsus tekshiruvlar bajargandan keyin harbiy xizmatchilarni kontrakt asosida qoldirish imkoniyati beriladi”, - dedi Kamolov.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidenti “Xavfsizlik va mudofaa sohasidagi qonun hujjatlari takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi. Unga asosan O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 12-dekabrda qabul qilingan “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi Qonuniga quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi: “Harbiy qasamod” degan so‘zlar “Vatanga qasamod” degan so‘zlar bilan almashtirildi.

Yangiliklar lentasi
0