Iqtisod

Oʻzbekiston hududlari investorlarga 101 taklif bilan chiqdi

© Sputnik / Vitaliy BelousovRukopojatiye
Rukopojatiye - Sputnik Oʻzbekiston
Viloyalar oʻz hududidagi sharoitlarni hisobga olgan holda xorijiy investorlar uchun takliflar ishlab chiqish tizimi joriy etildi.

TOSHKENT, 29 noya - Sputnik. Oʻzbekistonda investorlar uchun yana bir qulaylik yaratildi - viloyatlar oʻz hududlarida amalga oshirish mumkin boʻlgan loyihalar haqida xabar qilishi mumkin boʻlgan sayt ishga tushdi, deb xabar qilmoqda Investitsiyalarni jalb qilish agentligi. 

Proizvodstvo xolodilnikov - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Aholiga arzon mahsulot kerakmi yo investor...

Agentlik tomonidan tashkil qilingan maxsus internet portalida  Oʻzbekistonning barcha viloyatlarida amalga oshirish mumkin boʻlgan biznes-loyihalar boʻlajak investorlar eʼtiboriga havolda etiladi. Investorlar ularni koʻrib chiqib, qiziqish uygʻonganda Agentlik qoʻshimcha maʼlumot va kerakli hujjatlar tayyorlashda yordam berishi mumkin. 

Bugungi kunda ushbu sahifada Oʻzbekistonning yettita viloyatidan 101 dona investitsion takliflar joylashtirilgan. Takliflar Jizzax, Samarqand, Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo va Xorazm viloyatlaridan kelib tushgan va yangi loyihalarda har bir viloyatning oʻziga xosligi hisobga olingan. 

Investorda ushbu loyihalardan biriga qiziqish uygʻonganda, Investitsiyalar agentligi mahalliy hamkor topishda, kerakli hujjatlarni rasmiylashtirishda va ruxsatnomalar olishda yordam berishi mumkin, deyilgan xabarda. 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala