Samarqandlik o‘qituvchini kaltaklagan zo‘ravonlar orasida ayollar ham bo‘lgan - bayonot

© Sputnik / Pavel LisisinNaruchniki
Naruchniki - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda va natijasiga ko‘ra, qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi

TOShKENT, 30 noya - Sputnik. Kaltak natijasida halok bo‘lgan samarqandlik o‘qituvchiga kuch ishlatgan zo‘ravonlarning uch nafari ayol bo‘lgan, deb xabar qilmoqda "Zarafshon" gazetasi viloyat IIV huzuridagi Tergov departamentidan olingan xabar asosida.

Parnya, kotoriy pristaval k devushke, izbili do smerti v Samarkande - Sputnik O‘zbekiston
Samarqandda do‘pposlab o‘ldirilgan o‘qituvchi ishiga oid yangi tafsilotlar yuzaga chiqdi

Xabarga ko‘ra, 20-noyabr kuni taxminan tungi soat 02:00 larda o‘qituvchi Izatullo o‘zining tanishi Maqsud bilan Asal ismli ayolga gap otishgan. Ayolning yonidagi ikki erkakdan biri Izatulloning yuziga bir urgan. Janjal boshlangach, Asal tanishiga qo‘ng‘iroq qilgan va shundan so‘ng yana jami 6 nafar shaxslar kelishgan. Ularning ichida 2 nafari ayollar bo‘lgan.

Shundan so‘ng ular bir guruh bo‘lib, Izatullo va uning sherigi Maqsudni so‘kib haqoratlab, tanasining turli joylariga qo‘l-oyoqlari bilan urib-do‘pposlab tan jarohatlari yetkazishgan. 

Ko‘rilgan tezkor chora tadbirlar natijasida Izatulloga nisbatan jinoyatni sodir etgan shaxslardan 3 nafari ichki ishlar xodimlari tomonidan ushlangan.

Tez tibbiy yordam shifoxonasining birlamchi ma’lumotnomasiga ko‘ra, Izatulloga “bosh miya suyaklarining og‘ir sinishi” tashxisi qo‘yilgan.

Mazkur holat yuzasidan 2019-yil 20-noyabr kuni Samarqand shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Draka - Sputnik O‘zbekiston
Samarqandda o‘lasi qilib do‘pposlangan o‘qituvchi hayotdan ko‘z yumdi

2019 yil 23-noyabr kuni Izatullo ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan shifoxonada vafot etgan va shu kuni uning o‘lim sababini aniqlash maqsadida sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlangan hamda jinoyat ishi JKning 104-moddasi 3-qismi “d” bandiga qayta malakalangan.

Dastlabki tergov jarayonida 3 nafar shaxsga nisbatan O‘zbekiston JKning 104-moddasi 3-qismi "d" bandi va 277-moddasi 2-qismi "b" bandi bilan ayb e’lon qilinib, ularga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan va qolgan 6 nafar gumon qilinuvchilarga nisbatan tegishli ehtiyot choralarini qo‘llash masalasi ko‘rilmoqda.

Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda va natijasiga ko‘ra, qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi.

Uchitelya iz Uzbekistana v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
Yoshlar o‘qituvchi bo‘lishni istaydi – XTV

Aniqlanishicha, marhum o‘qituvchi 2016-yilda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetini tamomlab, 2016-yil 2-sentabr kuni Samarqand shahridagi 42-umumta’lim maktabiga rus tili fanidan o‘qituvchi bo‘lib ishga kirgan. 2017-yil 25-sentabr kuni ishdan bo‘shagan va RFga ishlash uchun ketib, 2018-yil avgust oyida qaytib kelgan.

2018 yil 3-sentabr kuni yana shu maktabga o‘qituvchi lavozimiga ishga qabul qilingan hamda rus sinflariga tarix fanidan dars berib kelgan. Joriy yilning 17-oktabr kunidan buyon ishdan bo‘shashligi haqida maktab direktorini og‘zaki ogohlantirgan va maktabga ishga bormay, shu vaqt mobaynida Samarqand shahri Mirzo Ulug‘bek va Shohruh ko‘chalari kesishuvchi chorrahasida somsa sotish bilan shug‘ullangan.

"Fuqarolarimizdan, mazkur holatning barcha tafsilotlari aniqlanib, tergov harakatlari yakuniga yetguniga qadar ijtimoiy tarmoqlarda nomaqbul izohlar berishdan saqlanishlarini so‘raymiz", deyiladi rasmiy xabarda.

Yangiliklar lentasi
0