Dunyoda

Atambayev yana bir jinoyatda gumon qilinmoqda - advokat

© Sputnik / Tabыldы KadыrbekovBыvshiy prezident KR Almazbek Atambayev. Arxivnoye foto
Bыvshiy prezident KR Almazbek Atambayev. Arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston
Advokatlar sud jarayoni Atambayev ishtirokisiz oʻtishini iltimos qilishmoqchi, chunki sobiq prezident savollarga javob berishdan bosh tortmoqda.

TOSHKENT, 1 dek — Sputnik. Qirgʻizistonning sobiq prezidenti Almazbek Atambayev tergovga toʻsqinlik qilishda gumon qilinmoqda.  Bu haqda uning advokati Sergey Slesarev Sputnik Qirgʻiziston nashriga maʼlum qildi.

Advokatning aytishiga koʻra, gap Atambayev jinoiy avtoritet Aziz Batukayevning noqonuniy ozod etilishi ishi boʻyicha soʻroqqa kelishdan bosh tortgani haqida bormoqda. 

“Gumon qilinishi toʻgʻrisidagi bildirish xatiga tergovchining talablarini bajarmaslik toʻgʻrisidagi modda qoʻshimcha ravishda kiritilgan”,  - deya tushuntirgan Slesarev.

Yuristning soʻzlariga koʻra, himoya tarafi Batukayevning noqonuniy ozod etilishi ishi Atambayev ishtirokisiz oʻtishini iltimos qilmoqchi, chunki u noqonuniy jinoiy taʼqibga norozilik bildirib, savollarga javob berishdan bosh tortmoqda.

Takoy pomoщi ne nado — Atambayev vыskazalsya o $100 mln ot Kazaxstana - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Atambayev oʻzi figurant boʻlgan jinoyat ishi majlisiga kelishdan bosh tortdi

Batukayev ishi

Aziz Batukayev 2006 yilning avgust oyida Alamudin tuman sudi hukmi bilan 16 yilu 8 oyga ozodlikdan mahrum qilingan. Shuningdek, uning  molu mulki musodara qilingan. Batukayev 2006 yilda Bishkek shahri yaqinida koloniyada ommaviy tartibsizlik uyushtirganlikda va hujum paytida Qirgʻiziston parlamenti deputati Tinichbek Akmatbayev, jazoni ijro etish boshqarmasi rahbari Ikmatulla Polotov va parlamentning ikki nafar xodimini oʻldirishda ayblangan. Aziz Batukayev 2013 yil 9 aprelda “ogʻir kasallik” tufayli shartli ravishda ozod qilingan. U bundan foydalanib, Qirgʻiziston hududini tark etgan.

Qirgʻiziston IIV maʼlumotiga koʻra, Batukayev hozirda Chechenistonda noqonuniy qurol saqlagani uchun jazo muddatini oʻtamoqda.

“Jinoiy avtoritet”ga nisbatan jinoiy ishni qayta qoʻzgʻatilganini 17 aprel kuni Qirgʻiziston bosh prokurori Otkurbek Jamshitov maʼlum qildi.

Almazbek Atambayevga mazkur jinoyat ishi yuzasidan soʻroqqa kelish toʻgʻrisida uch marta chaqiruv qogʻozi yuborilgan edi. Qirgʻiziston IIV taʼkidiga koʻra, aynan Atambayev Aziz Batukayevni ozod qilish toʻgʻrisida farmon bergan. Sobiq prezidentning soʻroq kelishdan bosh tortishi, uni kuch bilan qoʻlga olish maxsus amaliyot bilan yakunlandi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala