Jamiyat

Olimlar yogʻli taom erkaklar uchun oʻta xavfli ekanini aniqlashdi

Oʻtkazilgan tadqiqot natijalari oʻta yogʻli taomlarni isteʼmol qilish prostata saratoniga olib kelishini koʻrsatdi.

TOSHKENT, 1 dek - Sputnik. Kanadaning Monreal shahridagi Makgill universiteti sogʻliqni saqlash markazi mutaxassislari tarkibida juda koʻp yogʻ boʻlgan taomni isteʼmol qilish va prostata bezi oʻrtasidagi bogʻliqlikni aniqlashdi. Bu haqda MedicalXpress portali xabar qildi.

Blyuda - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Olimlar ish paytida toʻgʻri ovqatlanish haqida tavsiyalar berishdi

Olimlar 319 kishining ovqat ratsionini oʻrganib, inson parhezi va saraton paydo boʻlishi va rivojlanishiga sabab boʻluvchi onkogenlar orasida bogʻliqlik borligini aniqlashgan.

Xususan, koʻp yogʻli ovqat isteʼmol qiluvchi kishilarda MYC nomli onkogenlar paydo boʻlishi va ularda yogʻ isteʼmol qilmaydigan kishilarga qaraganda prostata bezi saratonidan vafot etish holatlari 4 baravar yuqori ekanligini aniqlashgan.

Maʼlum boʻlishicha, yogʻli ovqat isteʼmol qilish oqibatida onkogenlar sogʻlom hujayralar xususiyatini oʻzgartirib, ularni toʻxtovsiz koʻpayuvchi saraton hujayralariga aylantirar va oqibatda inson oʻlimiga olib kelish ehtimoli oshar ekan.

Mol yogʻining taomdagi hissasini kamaytirish kasallikni dastlabki bosqichidagi rivojlanish surʼatini pasaytirishi mumkin. Tadqiqot mualliflarining soʻzlariga koʻra, kelajakda uning natijalari prostata saratoniga chalinganlar uchun maxsus parhezni tuzishda yordam berishi mumkin.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala