Jamiyat

Surxondaryo viloyati tarkibida yangi tuman tashkil etiladi

© Goskomturizm RUzBaysunskiy rayon Surxandarinskoy oblasti Uzbekistana
Baysunskiy rayon Surxandarinskoy oblasti Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston
Deputatlar Surxondaryo viloyati tarkibida Bandixon tumanini tashkil etish hamda Qiziriq, Boysun va Qumqoʻrgʻon tumanlari hududlari chegarasini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqdilar.

TOSHKENT, 1 dek - Sputnik. Surxondaryo viloyati tarkibida Bandixon tumani tashkil etiladi. Ushbu masalani deputatlar Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida koʻrib chiqishdi.

Taʼkidlanishicha, deputatlar Qiziriq, Boysun va Qumqoʻrgʻon tumanlari hududlari chegarasini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi masalani ham koʻrib chiqqanlar.

Plantatsii shafrana - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Afgʻon tadbirkorlari Surxondaryoda zaʼfaron va anor yetishtirmoqchi

Oʻzgarishlarga koʻra, Surxondaryo viloyati Qiziriq tumani hududidagi “Bandixon”, “Bektepa”, “Obod turmush”, “Polvontosh”, “Saroy”, “Birdamlik”, “Chinor”, “Paxtakor”, “Navbahor”, “Farovon”, “Bahoriston”, “Oʻrgʻilsoy”, “Gulbogʻ”, “Qaldirgʻoch”, “Zevar”, “Xoʻjaipok”, “Obod yurt” hamda “Bagʻri keng” mahalla fuqarolar yigʻinlari, Boysun tumanining “Koʻlqamish” mahallasi “Kuba” qishlogʻi, “Obikor” hamda Quduqsoy mahalla fuqarolar yigʻinlari, Qumqoʻrgʻon tumanidagi “Davlatsoy” mahallasining “Porloq” va “Xurmazor” qishloqlari, “Navruz” hamda “Bandixon” mahalla fuqarolar yigʻini hududlari tashkil etilayotgan Bandixon tumani tarkibiga oʻtkaziladi.

Deputatlarning qayd etishicha, bu oʻzgarishlar hududda qishloq xoʻjaligi, ayniqsa, chorvachilikni rivojlantirishga, aholi bandligini taʼminlashga, Surxondaryo viloyatining dehqonchilik mintaqasi hisoblangan Bandixon tumanini ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan yanada taraqqiy ettirishga ijobiy taʼsir koʻrsatadi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala