Hodisalar

Toshkent viloyatida bir oilaning 16 nafar aʼzosi is gazidan zaharlandi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovGazovaya plita
Gazovaya plita - Sputnik Oʻzbekiston
Qibray tumanida bir oilaning 16 nafar aʼzolari is gazidan zaharlandi. Ularning 11 nafari voyaga yetmagan bolalar.

TOSHKENT, 1 dek — Sputnik. Toshkent viloyatida bir oilaning 16 nafar aʼzosi is gazidan zaharlandi.

IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga koʻra, hodisa bugun, 01 dekabr kuni taxminan soat 05:30 larda Toshkent viloyati Qibray tumani Alisherobod mahallasidagi uylarning birida sodir boʻlgan. Is gazidan zaharlanganlar shifoxonaga murojaat qilganlar.

“Ularning orasida 11 nafari voyaga yetmagan fuqarolar boʻlgan. Vafot etganlar yoʻq”, - deyiladi xabarda.

Xabarda mazkur holat yuzasidan qoʻshimcha ravishda maʼlumot berilishi taʼkidlangan.

Idora shu kabi holatlarning oldini olish maqsadida fuqarolardan xonandon va boshqa binolardagi gaz anjomlarida gaz sizib chiqish holatlari bor yoki yoʻqligiga eʼtoborli boʻlishni hamda ulardan foydalanishda texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilishini soʻrab qolgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala