Turizm

Oʻzbekiston nufuzli mukofotni qoʻlga kiritdi

Mazkur mukofotni qoʻlga kiritish xalqaro turizm olamida juda katta nufuzga ega. Onlayn ovoz berish yakunlariga koʻra, Oʻzbekiston 40 foiz ovoz toʻplagan.

TOSHKENT, 1 dek - Sputnik. Oʻzbekiston “National Geographic Traveler” jurnalining “Yil kashfiyoti” nominatsiyasida gʻolib boʻldi. Bu haqda Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi xabar qildi.

Onlayn ovoz berish yakunlariga koʻra, tanlovning “Yil kashfiyoti” nominatsiyasida Oʻzbekiston 40 foiz ovoz toʻplagan. Shuningdek, ushbu nominatsiyada gʻoliblik uchun Armaniston, Ummon, Tayvan hamda Ruminiya davlatlari kurash olib borgan.

Mukofotni topshirish marosimi Moskvada oʻtkazildi. Mukofot tantanali ravishda Oʻzbekistonning Rossiyadagi elchisi Botirjon Asadovga topshirildi.

© Uzbekistan.travelOʻzbekiston “National Geographic Traveler” jurnalining “Yil kashfiyoti” nominatsiyasida gʻolib boʻldi
Oʻzbekiston nufuzli mukofotni qoʻlga kiritdi - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekiston “National Geographic Traveler” jurnalining “Yil kashfiyoti” nominatsiyasida gʻolib boʻldi

Taʼkidlash joizki, oʻtgan yili xuddi shu tanlovda Oʻzbekiston “Gastronomik turizm” nominatsiyasida birinchi oʻrinni egallagan edi. 

Eslatib oʻtamiz, avvalroq “Divo Eurasia” foto, video va animatsiya III Xalqaro turistik festivalida Oʻzbekiston ikki nominatsiya boʻyicha gʻoliblikni qoʻlga kiritgani xabar qilgangan edi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala