Jamiyat

Toshkentda 12 ta avtobus yoʻnalishi vaqtincha oʻzgardi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovAvtobusы s kamerami
Avtobusы s kamerami - Sputnik Oʻzbekiston
Metroning Yunusobod yoʻnalishining ikkinchi bosqichini qurish ishlari doirasida yer osti oʻtish yoʻli barpo etilishi munosabati bilan 12 ta avtobus yoʻnalishi vaqtincha oʻzgardi.

TOSHKENT, 2 dek — Sputnik. Toshkentda 12ta avtobus yoʻnalishi vaqtincha oʻzgardi. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” AJ matbuot xizmati xabar qildi.

Taʼkidlanishicha, bunga Toshkent metropoliteni Yunusobod yoʻnalishining ikkinchi bosqichini qurish ishlari doirasida yer osti oʻtish yoʻli barpo etilishi sabab boʻlgan.

Avtobusы, kuplennыe u kitayskoy kompanii Zhengzhou Yutong Bus - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Dekabrda Moskva va Sankt-Peterburgga doimiy avtobus qatnovi yoʻlga qoʻyiladi

Ahmad Donish koʻchasining Yangi shahar koʻchasi kesishmasi orasidagi (Yunusobod bozori yonida) 3 tomonlama harakatlanish yoʻli hamda Ahmad Donish koʻchasining (“Uch baqaloq” kafesidan) Yunus ota koʻchalari kesishmasi orasidagi yoʻllar 2019 yil 12 dekabrga qadar vaqtincha yopiladi.

Mazkur hududlardan oʻtuvchi 5, 52, 60, 72, 82, 91, 96, 97, 140, 149, 152, 190-sonli yoʻnalishlardagi avtobuslarning harakat yoʻli vaqtincha yoʻlovchilarga qulay va xavfsiz boʻlgan yondosh koʻchalar orqali oʻtkaziladi.

Xabarda yoʻnalishlarning oʻzgartirilishi munosabati bilan harakat xavfsizligi va yoʻlovchilar tashish qoidalariga qatʼiy rioya etish yuzasidan haydovchi va chiptachilar oʻrtasida navbatdan tashqari yoʻriqnomalar oʻtkazilgani qoʻshimcha qilingan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala