Jamiyat

UzAirways Yangi yil munosabati bilan 50%gacha chegirmalar joriy etdi

© Press-slujba aviakompaniiSamolet aviakompanii "Uzbekiston xavo yullari"
Samolet aviakompanii Uzbekiston xavo yullari - Sputnik Oʻzbekiston
“Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi yangi yil chegirmalarni nafaqat Oʻzbekiston fuqarolariga, balki chet elliklarga ham taqdim etmoqda.

TOSHKENT, 2 dek — Sputnik. “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi 2019 yil 31 dekabrdan 2020 yil 2 yanvargacha respublika boʻyicha qatnovlarda 30% dan 50% gacha chegirmalar oʻrnatdi.

Taʼkidlanishicha, yangi yil chegirmalari nafaqat Oʻzbekiston fuqarolariga, balki chet elliklarga ham taqdim etiladi.

Bayram chegirmalari:

- individual yoʻlovchilar uchun – 30%;

Samolet Uzbekistan Airways - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Transport vazirligi aviachipta narxi nimaga bogʻliq ekanini aytdi

- sayyohlik guruhlari (5 va undan ortiq kishi), litsey va oliy oʻquv yurtlari, kolledjlar talabalari, maktab oʻquvchilari, OʻzR IIV, MV, DXX, DSQ, DBQ tizimlaridagi maxsus taʼlim muassasalari va boshqa idoralarning tinglovchi va oʻquvchilari uchun – 40%;

- oila uchun (2 yoki undan koʻp odam, shuningdek, er va xotin; er, xotin va ularning 18 yoshgacha boʻlgan farzandlari; 18 yoshgacha boʻlgan farzandini kuzatib boradigan ota-onalar) – 50%;

- nafaqaxoʻrlar va nogironlar uchun – 50%;

- 1941-1945 yillardagi urush qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan, shuningdek, Ikkinchi jahon urushi davridagi fidokorona mehnati va harbiy xizmati uchun orden va medallar bilan taqdirlangan shaxslar uchun – 50%;

- Chernobil AES fojiasi oqibatlarini bartaraf etishda ishtirok etgan fuqarolarimiz uchun – 50%.

Xabarda aviachiptalarni barcha kassalarda chegirmalarni olish huquqini beruvchi tegishli hujjatlarni taqdim etgan holda xarid qilish mumkinligi qoʻshimcha qilingan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala