UzAirways Yangi yil munosabati bilan 50%gacha chegirmalar joriy etdi

© Press-slujba aviakompaniiSamolet aviakompanii "Uzbekiston xavo yullari"
Samolet aviakompanii Uzbekiston xavo yullari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
“Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi yangi yil chegirmalarni nafaqat O‘zbekiston fuqarolariga, balki chet elliklarga ham taqdim etmoqda.

TOShKENT, 2 dek — Sputnik. “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi 2019-yil 31-dekabrdan 2020-yil 2-yanvargacha respublika bo‘yicha qatnovlarda 30% dan 50% gacha chegirmalar o‘rnatdi.

Ta’kidlanishicha, yangi yil chegirmalari nafaqat O‘zbekiston fuqarolariga, balki chet elliklarga ham taqdim etiladi.

Bayram chegirmalari:

- individual yo‘lovchilar uchun – 30%;

Samolet Uzbekistan Airways - Sputnik O‘zbekiston
Transport vazirligi aviachipta narxi nimaga bog‘liq ekanini aytdi

- sayyohlik guruhlari (5 va undan ortiq kishi), litsey va oliy o‘quv yurtlari, kolledjlar talabalari, maktab o‘quvchilari, O‘zR IIV, MV, DXX, DSQ, DBQ tizimlaridagi maxsus ta’lim muassasalari va boshqa idoralarning tinglovchi va o‘quvchilari uchun – 40%;

- oila uchun (2 yoki undan ko‘p odam, shuningdek, er va xotin; er, xotin va ularning 18 yoshgacha bo‘lgan farzandlari; 18 yoshgacha bo‘lgan farzandini kuzatib boradigan ota-onalar) – 50%;

- nafaqaxo‘rlar va nogironlar uchun – 50%;

- 1941-1945 yillardagi urush qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan, shuningdek, Ikkinchi jahon urushi davridagi fidokorona mehnati va harbiy xizmati uchun orden va medallar bilan taqdirlangan shaxslar uchun – 50%;

- Chernobil AES fojiasi oqibatlarini bartaraf etishda ishtirok etgan fuqarolarimiz uchun – 50%.

Xabarda aviachiptalarni barcha kassalarda chegirmalarni olish huquqini beruvchi tegishli hujjatlarni taqdim etgan holda xarid qilish mumkinligi qo‘shimcha qilingan.

Yangiliklar lentasi
0