Xitoy AQShga keskin sanksiyalar joriy etdi

© AP Photo / Ng Han GuanZaderjanie protestanta politsiyey v Gonkonge
Zaderjanie protestanta politsiyey v Gonkonge - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Amerika Qo‘shma Shtatlarida Gonkong haqida qabul qilingan qonun Xitoyda mamlakat ichki ishlariga aralashish deb topildi.

TOShKENT, 2 dek – Sputnik. Xitoy AQShga nisbatan yangi sanksiyalarni joriy etdi, deb ma’lum qildi Xitoy TIV vakili Xua Chunin.

Shtab-kvartira NATO v Brussele - Sputnik O‘zbekiston
Oyog‘ini osmondan qilish: ekspert “Rossiya NATO uchun xavf” degan bayonotga izoh berdi

Vashingtonda Gonkong bo‘yicha qonun imzolangandan keyin Xitoy AQShga nisbatan sanksiyalarni joriy etish bo‘yicha qaror qabul qilindi.

Chuninning so‘zlariga ko‘ra, AQSh Xitoy noroziligiga e’tibor bermasan hujjat qabul qildi. Bu “xalqaro huquq normalarining asoslari va huquqlarini jiddiy buzilishi” bo‘ldi.

“Xitoy qator amerika nodavlat tashkilotlari, shu jumladan - NDI, HRW, Freedom House nisbatan sanksiyalar kiritdi”, - deb aniqlik kiritildi Xitoy TIVda.

Bundan tashqari, Pekinda Gononga harbiy kema va samolyotlarni kelishi haqida AQSh so‘rovnomalarini ko‘rib chiqish to‘xtatildi.

Noyabr oyi oxirida AQSh Prezidenti Donald Tramp Gonkongda demokratiya va inson huquqlari to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. Shu bilan birga, Amerika rahbari ushbu hujjat "Xitoy raisi Si Szinpin, Xitoy va Gonkong xalqiga hurmat bilan" qabul qilinganini ta’kidladi.

Keyinchalik Xitoy TIV AQShning Pekindagi elchisi Terri Branstedni chaqirdi va imzolangan qonun uchun protest bildirdi.

Yangiliklar lentasi
0