Zaxarova Kiyevning “bir necha viloyatlarni” qabul qilishga tayyorligiga javob qaytardi

© Sputnik / Sergey Patakov / Mediabankka o‘tishOfitsialniy predstavitel MID Rossii Mariya Zaxarova
Ofitsialniy predstavitel MID Rossii Mariya Zaxarova - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Avvalroq Ukraina bosh vazirining o‘rinbosari mamlakat Rossiyaning bir necha viloyatlarini qabul qilishga tayyorligini bildirgan edi.

TOShKENT, 2 dek – Sputnik. Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova Ukraina bosh vazirining Yevropa va Yevroittifoq integratsiyasi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Dmitriy Kulebaning Kiyev “Rossiyaning bir necha viloyatlarini” qabul qilishga tayyorligi to‘g‘risidagi bayonotiga javob qaytardi.

“Rossiyaning bitta viloyati Ukraina tarkibida allaqachon bo‘lgan, va unga u yer yoqmadi”, - deya munosabat bildirgan Zaxarova NSN efiri chog‘ida.

Avvalroq Kuleba Rossiya Davlat dumasi raisi Vacheslav Volodinning millatchilik va kichik xalqlarga zulm o‘tkazish Ukrainaning barbod bo‘lishiga olib kelishi mumkinligi to‘g‘risidagi so‘zlariga munosabat bildirgan edi.  U mamlakat tarkibidan hech qanday viloyat chiqmasligini ma’lum qilgan. Shu bilan birga, Ukraina Rossiyaning bir necha viloyatlarini qabul qilishga tayyorligini bildirgan.

Jirinovskiy Rossiya qanday holatda Ukrainani yo‘q qilishi mumkinligini aytdi

2014 yil 14-martda Qrim referendum o‘tkazilgandan so‘ng Rossiya tarkibiga qo‘shildi. Ukraina avvalgiday uni o‘ziniki deb hisobladi. Vladimir Putin “Qrim masalasi uzul-kesil hal qilingan” deb bir necha marotaba ta’kidlangan.

Yangiliklar lentasi
0