Dunyoda

AQSH yangi raketa yaratish uchun sal kam milliard dollar ajratdi

Lockheed Martin korporatsiyasiga AQSH havo harbiy kuchlari uchun yangi ARRW raketa ishlab chiqilishi uchun 988,8 million dollar ajratildi.

TOSHKENT, 3 dek – Sputnik. AQSH Pentagoni tomonidan Lockheed Martin korporatsiyasiga AQSH havo harbiy kuchlari uchun yangi ARRW raketa tayyorlanishi uchun 988,8 million dollar ajratildi.

Zapusk mejkontinentalnoy ballisticheskoy raketы RS-12M Topol s poligona Kapustin Yar v Astraxanskoy oblasti - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Rossiyada qitʼalararo ballistik raketa sinovdan oʻtkazildi

Raketa tayyorlash ishlari Orlandoda amalga oshiriladi va 2022 yil 31 dekabrda oʻz yakuniga yetkazilishi rejalashtirilgan.

Shartnoma shartlariga koʻra, kompaniya yangi loyihani ishlab chiqish, sinovdan oʻtkazish va seriyali ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyishi kerak.

Iyun oyida AQSH HHK ilk bor gipertovushli AGM-183A (ARRW) raketasini muvaffaqiyatli sinovini oʻtkazgandi. Bu raketa B-52 Stratofortress bombardimonchisiga oʻrnatilgan.

Lockheed Martin, boshqa kompaniyalar bilan birgalikda, 2018 yildan beri ARRW taktik gipertovushli raketani ishlab chiqmoqda. Oʻsha vaqtda shu maqsadlar uchun 480 million dollar ajratilgandi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala