Hodisalar

FSB "Hizb ut-Tahrir"ning ikki yetakchisini qoʻlga oldi

© TSOS FSB RF / Fotobankka oʻtishFSB RF presekla deyatelnost gruppы rossiyskix grajdan po finansirovaniyu terroristov
FSB RF presekla deyatelnost gruppы rossiyskix grajdan po finansirovaniyu terroristov - Sputnik Oʻzbekiston
Tintuv jarayoni vaqtida tashkilot aʼzolaridan taʼqiqlangan adabiyotlar, aloqa vositalari va elektron axborot tashuvchilar olib qoʻyilgan.

TOSHKENT, 3 dek — Sputnik. Moskva va Chelyabinskda "Hizb ut-Tahrir al-Islomiy" terroristik tashkilotining yetti aʼzosi va ikki nafar yetakchisi qoʻlga olindi, deb xabar qildi Rossiya Federal xavfsizlik xizmati jamoatchilik bilan aloqalar markazi.

Taʼkilanishicha, bu Rossiya fuqarolari yoki Markaziy Osiyo davlatlari fuqarolari boʻlishi mumkin.

Tergov qoʻmitasi axborotiga koʻra, xorijiy emissarlar koʻrsatmasiga koʻra, "Rossiya hududida amaldagi hokimiyatni kuch ishlatish yoʻli bilan agʻdarishga qaratilgan terroristik tashkilot gʻoyalarini tarqatgan".

Shuningdek, ular oʻz saflariga mahalliy musulmonlar va mamlakatda boʻlib turgan mehnat migrantlarini ogʻdirish bilan shugʻullanganlar.

Tintuv jarayoni vaqtida tashkilot aʼzolaridan taʼqiqlangan adabiyotlar, aloqa vositalari va elektron axborot tashuvchilar olib qoʻyilgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala