Mirziyoyev Rustam Emomalini qabul qildi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev prinyal mera Dushanbe Rustama Emomali
Shavkat Mirziyoyev prinyal mera Dushanbe Rustama Emomali - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rustam Emomali Mirziyoyevga Tojikiston prezidenti Emomali Rahmonning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

TOShKENT, 3 dek — Sputnik. Shavkat Mirziyoyev Dushanbe shahri raisi Rustam Emomalini qabul qildi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar qildi.

Uchrashuv avvalida davlat rahbari O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlari keyingi yillarda izchil rivojlanib borayotganini mamnuniyat bilan qayd etdi.

Qayd etilishicha, ikki qardosh mamlakat rahbarlarining siyosiy irodasi tufayli ko‘p qirrali hamkorlikni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish ta’minlangani, O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida strategik sheriklik yo‘lga qo‘yilgani alohida ta’kidlandi.

Xokim Tashkenta Djaxongir Artikxodjayev vstretilsya s predsedatelem goroda Rustamom Emomali - Sputnik O‘zbekiston
Toshkent va Dushanbe munosabatlarni yanada rivojlantiradi

Rustam Emomali qabul uchun samimiy minnatdorlik bildirib, Tojikiston prezidenti Emomali Rahmonning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

Uchrashuvda mamlakatlar poytaxtlari o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirishning amaliy jihatlari muhokama qilindi.

Shaharni boshqarish va infratuzilmani rivojlantirish, "yo‘l xaritasi" asosida qo‘shma kooperatsiya loyihalari va madaniy-gumanitar hamkorlik dasturlarini amalga oshirish kabi yo‘nalishlarda muntazam muloqotni yo‘lga qo‘yish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Emomali Rahmonning to‘ng‘ich o‘g‘li, Dushanbe shahri raisi Rustam Emomali Toshkentga kelgani va Toshkent shahar hokimi bilan uchrashgani xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0