“Miya o‘limi”: Tramp Fransiya yetakchisining NATO haqidagi so‘zlarini tanqid qildi

© REUTERS / Vincent KesslerPrezidenti Fransii i SShA Emmanuel Makron i Donald Tramp Tramp v Parije, Fransiya
Prezidenti Fransii i SShA Emmanuel Makron i Donald Tramp Tramp v Parije, Fransiya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
AQSh prezidenti Donald Tramp Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning NATO “miya o‘limi” haqidagi so‘zlarini tanqid ostiga oldi.

TOShKENT, 3 dek – Sputnik. AQSh prezidenti Donald Tramp Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning NATO “miya o‘limi” haqidagi so‘zlarini tanqid ostiga oldi.

Prezident SShA Donald Tramp s jenoy Melaniyey sadatsya v vertolet na lujayke pered Belim domom, Vashington - Sputnik O‘zbekiston
Tramp vertolotga chiqishdan oldin rafiqasini “unutdi” - video

Ilgariroq, Makron The Economist jurnaliga bergan intervyusida, NATO ittifoq ichidagi muvofiqlashtirishni butunlay yo‘qotdi, buni “miya o‘limi” deb ta’riflash mumkin.

Uning so‘zlariga ko‘ra, NATOda AQSh va boshqa sheriklar o‘rtasida strategik qarorlar bo‘yicha muvofiqlik yo‘q.

“Fransiya yaxshi iqtisodiy ahvolda emas, ularda vaziyat og‘ir. Fransiyada bunday qiyishchiliklar duch kelganda, bu keskin bayonot. “Sariq nimchalar” bilan nima bo‘layotganiga qarang, bunday bayonotlarni berish mumkin emas. Bu hurmatsizlik belgisi”, - dedi Tramp.

Tramp NATO davlatlari yetakchilari sammitida ishtirok etish uchun Londonga keldi.

AQSh prezidenti fikriga ko‘ra, “Hech kim Fransiyachalik, NATOga muhtoj emas”.

“NATO buyuk maqsadga xizmat qiladi... Bunday bayonot 28 davlat uchun haqoratli hisoblanadi”, - deb qo‘shimcha qildi AQSh yetakchisi.

Yangiliklar lentasi
0