Putin bayonoti: NATOning kengayishi Rossiya uchun tahdiddir

© Sputnik / Aleksey Drujinin / Mediabankka o‘tishVizit prezidenta RF V. Putina v Turkmeniyu
Vizit prezidenta RF V. Putina v Turkmeniyu - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
NATOning kengayishi, Rossiya chegaralarida uning harbiy infratuzilmasi rivoji singari - bu bizning mamlakatimiz uchun asosiy tahdidlardan biridir", - dedi Rossiya yetakchisi.

TOShKENT, 3 dek - Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin NATOning RF chegaralariga yaqinlashib kelishi mamlakat xavfsizligi uchun tahdid ekanligi haqida bayonot qildi.

Generalniy sekretar NATO Yens Stoltenberg - Sputnik O‘zbekiston
NATO Rossiyani dushman sifatida ko‘rmaydi, deb bayonot qildi Stoltenberg

"Ishni boshlashdan avval, e’tiborlaringizni shu narsaga qaratmoqchi edimki, aynan shu kunlarda, 3-4 dekabr kunlari NATO tashkil topganining 70-yilligiga bag‘ishlangan alyans yig‘ilishi o‘tkazilmoqda", - dedi Putin RF HDFni rivojlantirish masalalariga bag‘ishlab o‘tkazilgan yig‘ilishda.

Prezident alyans SSSRga qarshi kurashish uchun tashkil etilganligi haqida yodga soldi. "Hozir Sovet Ittifoqi ham, Varshava bitimi ham, ya’ni NATO tashkil etilganiga qarshi javoban tuzilgan harbiy pakt mavjud emas. Ammo NATO nafaqat mavjud, balki rivojlanmoqda. U tashkil topgan vaqtda alyansga 12ta davlat kirgan bo‘lsa, hozirda ular soni 29taga yetgan, alyans mamlakatlari birgalikdagi harbiy harajatlari esa - umumdunyoviy harbiy harajatlar hajmining 70%dan ortig‘ini tashkil qiladi", - dedi u.

Putinning ta’kidlashicha, o‘tmishdagi bloklarga doir stereotip tarzida fikrlash samarali qarorlarni izlash va qabul qilish uchun yaxshi intrument bo‘la olmaydi. "Bugun biz shundan kelib chiqishimiz shartki, NATOning kengayishi, Rossiya chegaralarida uning harbiy infratuzilmasi rivoji singari - bu bizning mamlakatimiz uchun asosiy tahdidlardan biridir", - dedi Rossiya yetakchisi.

Yangiliklar lentasi
0