Dunyoda

Rossiyadan Tojikistonga pul oʻtkazish toʻxtatib qoʻyildi

© regnum.ruKrupnыe platejnыe sistemы ogranichili perevodы v stranы TSA
Krupnыe platejnыe sistemы ogranichili perevodы v stranы TSA - Sputnik Oʻzbekiston
Rossiya pul oʻtkazish tizimlari Tojikistondagi pul berish punktlaridagi ishlarini vaqtincha toʻxtatib qoʻyishdi.

TOSHKENT, 3 dek — Sputnik. Rossiyaning qator tizimlari Tojikistonga pul oʻtkazmalarni toʻxtatib qoʻyishdi. Bu haqda Sputnik Tojikiston xabar qilmoqda.

Xabarda yozilishicha, bank boʻlimlarida oʻz pullarini ololmayotgan odamlar toʻplangan. “Western Union”, “Contact”, “Yunistrim”, "Zolotaya korona" va “MoneyGram” tizimlari orqali pul berish ishlamayapti.

Moneta nominalom odin rubl na banknote odin dollar SSHA - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Xorijdan Oʻzbekistonga tez va arzon pul oʻtkazish tizimi ishga tushdi

"Zolotaya korona” boʻlimi xodimlari Sputnik Tojikiston bilan suhbatda tizim avvalgiday ishlayotgani, hech qandan cheklov yoʻqligini taʼkidlashgan. “MoneyGram” tizimi xodimlari ham uzilishlar toʻgʻrisida maʼlumot kelib tushmaganini maʼlum qilishgan va agar pul olishda muammo tugʻilsa, ishonch telefonlariga qoʻngʻiroq qilishni tavsiya qilishgan.

“Yunistrim” banki boʻlimidagi mutaxassislar Tojikistondagi boʻlimlarda pulni milliy valyutada berish vaqtincha toʻxtatib qoʻyilganini aytishgan. Shuningdek, dollar, yevro yoki rubl joʻnatish mumkinligini qoʻshimcha qilishgan.

Tojikiston Milliy banki joriy yilning 3 dekabridan milliy pretsessing markazni ishga tushirgan va bu Tojikistonga pul oʻtkazish jarayonini oʻzgartiradi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala