Iqtisod

Tadbirkorlik sohasidagi islohotlar bajarilishini bosh vazir nazorat qiladi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik Oʻzbekiston
Tadbirkorlik sohasida qonunlarda qabul qilingan 97ta islohotdan faqatgina 24tasi hayotgan tatbiq etilgan.

TOSHKENT, 3 dek - Sputnik. Oʻzbekistonda tadbir korlik sohasida soʻnggi yillarda qabul qilingan islohotlarning aksariyati qogʻozda qolib ketmoqda. Bu haqida prezident 2 dekabr kuni boʻlib oʻtgan yigʻilishda aytib oʻtdi. 

"Jahon banki ekspertlarining fikricha, Oʻzbekistonda tadbirkorlik sohasidagi 97 islohotdan 24 tasi toʻliq joriy etilgan", - deyilgan xabarda. 

Ushbu munosabat bilan Shavkat Mirziyoyev islohotlarni jadallashtirish, qarorlarda belgilangan maqsadli koʻrsatkichlarga erishish holatini tanqidiy tahlil qilish, bunga toʻsqinlik qilayotgan muammolarni aniqlab, ularni har bir soha, yoʻnalish va hudud kesimida hal etish boʻyicha topshiriqlar berdi.

Islohotlar ijrosini bosh vazir har ikki haftada ishchi guruhlar tomonidan bajarilgan ishlar, aniqlangan muammolar va ularning yechimi yuzasidan ishlab chiqilgan takliflarni muhokama qilib boradi.

Yigʻilishda koʻrilgan barcha masalalar bilan quyida tanishishingiz mumkin. 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala